Tadbir davomida Shahrixon tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari B.G. «H.» MChJ ish yurituvchisi E.K.ning ishonchiga kirib, umumiy ovqatlanish shoxobchasida kelgusida favqulodda vaziyatlar bo‘yicha tekshiruv o‘tkazmaslik va tekshiruvchilar kelgan taqdirda masalani uning foydasiga hal qilib berishini aytgan.

Evaziga 1,5 million so‘m talab qilgan mansabdor shaxs pulni olayotgan vaqtida ashyoiy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.