Ma’lum qilinishicha, «Qayraǵochtosh» mahallasida yashovchi Nargiza Bekjonova 6 iyul kuni ko‘p homilalik tashxisi bilan Andijon shahar 2-son tug‘uruq majmuasiga yotqizilgan.

Shifokorlar tomonidan muddatidan oldin kesarcha kesish amaliyoti o‘tkazilib, tug‘uruq muvaffaqiyatli yakunlangan.

Dunyoга kelgan chaqaloqlar quyidagicha:

  • birinchi chaqaloq — qiz, vazni 1450 gramm;
  • ikkinchi chaqaloq — o‘g‘il, vazni 1605 gramm;
  • uchinchi chaqaloq — qiz, vazni 1495 gramm;
  • to‘rtinchi chaqaloq — o‘g‘il, vazni 1585 gramm;
  • beshinchi chaqaloq — qiz, vazni 1205 gramm.

Onalar va bolalarga ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatish maqsadida ona va besh nafar chaqaloq Respublika ixtisoslashtirilgan Ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Andijon viloyati filialiga o‘tkazildi.

Hozirda ona va chaqaloqlar shifokorlar nazorati ostida bo‘lib, ularning ahvoli yaxshi ekani bildirildi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan oyda ham Andijonda to‘rt nafar egizak tug‘ilgani haqida xabar berilgan edi.