Andijon shahrida sifati kafolatlanmagan dori vositalari va biologik faol qo‘shimchalar ishlab chiqarayotgan yashirin tsex faoliyatiga chek qo‘yildi.
Ma’lum qilinishicha, Andijon shahridagi manzillardan birida 4 ta yuridik shaxs faoliyati tashkil etilgan bo‘lib, ular “oziq-ovqat mahsulotlari uchun kimyoviy qo‘shimchalar” ishlab chiqarish niqobi ostida noqonuniy ravishda sifati kafolatlanmagan dori vositalari hamda biologik faol qo‘shimchalar tayyorlab kelgan.
— 6 dona muhr;
— mahsulotlarga yaroqlilik muddatini qo‘yish qurilmalari;
— 214 ming dona yozuvsiz bo‘sh shisha idishlar;
— 78 ming dona bo‘sh kapsulalar;
— 100 turdagi 503 ming 209 dona sifati kafolatlanmagan tayyor dori vositalari;
— 105 kilogramm nomsiz kukunlar.
Mazkur yashirin laboratoriyada aholi orasida keng tarqalgan “Vitamix”, “Gegsi”, “Ferrumfer”, “Winds Baby”, “Lyuvit”, “Yodovit”, “Gepporooz”, “Bifidolin”, “Yodoplyus” kabi 100 turdagi mahsulotlar tayyorlangani aniqlangan.
Ular orasida bolalar uchun mo‘ljallangan siroplar, og‘riq qoldiruvchi vositalar, bo‘g‘im va teri kasalliklari hamda qon ko‘paytirish uchun preparatlar, turli shamchalar va maxsus choylar ham bo‘lgan.
Tekshiruvlar davomida ushbu mahsulotlarning tayyorlanishi va saqlanishi mutlaqo antisanitariya holatida amalga oshirilgani ma’lum bo‘lgan.
Tezkor tadbir davomida quyidagilar ashyoviy dalil sifatida olingan:
— 13 dona dori va biologik faol qo‘shimchalar ishlab chiqarish uskunalari;
Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, mazkur mahsulotlarning umumiy qiymati qariyb 5 milliard so‘mni tashkil etmoqda.
Hozirda holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan tergovga qadar surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.