18–22 may kunlari o‘tkaziladigan ushbu yirik madaniy tadbir yurtimiz tasviriy san’at tarixida mutlaqo yangi davrni boshlab berdi.
Tantanali tadbirda Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdulrahmonov, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi Akmal Nur, shuningdek, respublikamizning barcha hududlaridan tashrif buyurgan taniqli rassomlar, haykaltaroshlar, fotorassomlar hamda keng jamoatchilik vakillari va ijodkorlar ishtirok etdilar.
Ochilish marosimida so‘zga chiqqan viloyat hokimi tadbir ishtirokchilari va mehmonlarni qutlar ekan, mazkur festivalning mintaqa uchun tarixiy ahamiyatini alohida ta’kidladi.
Festivalning ochilish marosimi viloyat san’atkorlarining katta kontsert dasturi hamda san’at ko‘rgazmalari bilan davom etdi. San’at bayrami 22 mayga qadar davom etadi.