22-iyun tongi holatiga ko‘ra, Brent markali neft narxi 1,53 dollarga (1,90 foizga) arzonlashib, bir barreli 79,04 dollarga teng bo‘ldi.
Shuningdek, amerikalik WTI markali neftning iyul oyi uchun fyucherslari 76,53 dollargacha tushdi. Bu avvalgi ko‘rsatkichdan 7 sent kamdir. Avgust oyidagi fyuchers shartnomasi ham 55 sentga arzonlashib, neftning bir barreli 75,30 dollarga baholandi.
Bundan tashqari, rossiyalik Urals markali neftning bir barreli 66,58 dollardan sotilyapti.
AQSH va Eron o‘rtasidagi to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralar 21-iyunda Shveysariyada bo‘lib o‘tdi, deb xabar berdi Kazinform.