Nufuzli xorijiy universitet klinikalaridan mutaxassislar jalb qilinib, markazlardagi kamchiliklar koʻrsatiladi va direktorlarning vazifalari aniq belgilanadi. Direktorlar yil yakunida jamoatchilik oldida hisobot beradi. Ish natijasiga qarab kontrakt uzaytiriladi.

Prezidentimiz respublika, viloyat va tumandagi har bir shifoxona hamda poliklinika faoliyatiga aholining oʻzi baho beradigan mexanizmlarni kelasi yildan joriy etish vazifasini qoʻydi.

Har bir shifokor va hamshiraning oyligi KPIga bogʻlanishi, bunda aholining tibbiy xizmatdan qoniqish darajasi asosiy mezon boʻlishi qayd etildi.