Gidrometeorologiya ilmiy-tadqiqot instituti tahliliga köra, bunga oktyabr oyi oxirida antitsiklon, şamolning susayişi, yoğingarçilik yöqligi va harorat inversiyasi sabab bölgan. Natijada transport, sanoat va energetikadan çiqadigan zararli moddalar hamda tabiiy çang havoning quyi qatlamida töplanib qolgan.
Mutaxassislar Toşkentda atmosfera inversiyasi yana 10 kun saqlanib qolişi mumkinligini bildirmoqda.
Xöş, bunday ob-havo şaroitida salomatlikni asraş uçun qanday tavsiyalarga amal qiliş kerak?
Respublika ixtisoslaştirilgan allergologiya va klinik immunologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori Ilmira Razikovaning taʼkidlaşiça, havo sifati yomonlaşganda oçiq havoda böliş vaqtini imkon qadar qisqartiriş lozim.
Ayniqsa, bronxial astma, allergik rinit, allergik konyunktivit, tomoq qiçişişi bilan kuzatiladigan yötal, bronxit, bronxlar giperreaktivligi va boşqa surunkali nafas yöllari kasalliklari bor insonlar taşqariga çiqmasliklari kerak.
Bunday kasalliklari bor kişilar şifokor tavsiyasiga köra allergiyaga qarşi dori vositalarini qabul qilişlari lozim.
Xona va binolarni nam latta bilan tozalab turiş, konditsioner hamda havoni tozalaş tizimlaridan foydalaniş havodagi çang miqdorini kamaytirişga yordam beradi. Şuningdek, xona içiga suv solingan idişlar qöyiş va nam soçiqlarni osib qöyiş ham tavsiya etiladi.
Bundan taşqari, bunday şaroitda quyidagi tavsiyalarga amal qiliş muhim:
- Derazalarni yopiq holda saqlaş;
- Köproq suv içiş;
- Taşqaridan kelgandan keyin duş qabul qiliş;
- Burun böşliğini tuzli eritma bilan yuvib turiş.
Agar havodagi çang taʼsirida nafas qisişi, burun bitişi, aksiriş, burun oqişi, köz va tomoq qiçişişi, qizarişi yoki yötal kabi belgilar paydo bölsa, oilaviy şifokorga murojaat qiliş kerak.
Zarur hollarda aholi «103» raqami orqali tez tibbiy yordamga murojaat qilişi mumkin.
Şuningdek, Respublika şoşilinç tibbiy yordam ilmiy markazi, uning hududlardagi 13 ta filiali hamda tuman va şahar bölimlari zarur dori-darmonlar bilan taʼminlangani maʼlum qilindi.