Unga koʻra, avtomototransport vositasiga ishonchnoma ariza beruvchi tomonidan YIDXP (my.gov.uz)dan foydalangan holda, oʻzining va ishonchnoma berilayotgan shaxs(lar)ning biometrik pasporti yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi hamda jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami maʼlumotlarini kiritish orqali mustaqil ravishda rasmiylashtiriladi.
Davlat xizmati “Notarius” AATdan foydalangan holda YIDXP (my.gov.uz) orqali koʻrsatiladi.
Ishonchnoma ariza beruvchining xohishiga koʻra 1 oy, 6 oy va 3 yil muddatgacha beriladi.
Ariza beruvchi soʻrovnomada koʻrsatilgan avtomototransport vositasining mulkdori boʻlmasa, ishonchnoma rasmiylashtirilmaydi.
Ishonchnomaga kiritiladigan shaxslar soniga cheklov oʻrnatilmaydi.
Ishonchnomani elektron shaklda rasmiylashtirish uchun davlat boji uning amal qilish muddatidan kelib chiqqan holda, “Davlat boji toʻgʻrisida»gi Qonunida ishonchnomani notarial tasdiqlash uchun belgilangan davlat bojiga nisbatan quyidagi foizlarda undiriladi:
1 oygacha boʻlgan muddatga – 10 foiz;
1 oydan ortiq va 6 oygacha boʻlgan muddatga – 50 foiz;
6 oydan ortiq va 3 yilgacha boʻlgan muddatga – 100 foiz.
Elektron shaklda QR-kod qoʻyilgan holda rasmiylashtirilgan ishonchnoma notarial tasdiqlangan ishonchnoma bilan bir xil yuridik kuchga egadir.
Ishonchnoma quyidagi holatlarda bekor qilingan hisoblanadi:
ishonchnomaning amal qilish muddati tugaganda;
ishonchnomani bergan shaxs tomonidan bekor qilinganda;
ishonchnoma rasmiylashtirilgan vaqtdan soʻng ishonchnomani bergan shaxs muomalaga layoqatsiz, muomala layoqati cheklangan yoki bedarak yoʻqolgan deb topilganda yoxud u vafot etganda;
ishonchnoma berilgan shaxs(lar) muomalaga layoqatsiz, muomalaga layoqati cheklangan yoki bedarak yoʻqolgan deb topilganda yoxud u vafot etganda;
avtomototransport vositasining mulkdori oʻzgarganda.
Avtomobilni boshqarish huquqini beruvchi ishonchnomani elektron shaklda rasmiylashtirish boʻyicha davlat xizmati koʻrsatiladi
Hukumat qarori bilan “Avtomototransport vositasini boshqarish huquqini beruvchi ishonchnomani elektron shaklda rasmiylashtirish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti” tasdiqlandi.
O‘zbekiston va AQSh Prezidentlari ikki tomonlama munosabatlarni yanada mustahkamlash istiqbollarini muhokama qildilar
- UZCERT davlat tashkilotlari va korxonalarni ommaviy kiberhujumlar haqida ogohlantirdi
- Mikrokreditbank aktivlari 30,7 trln soʻmga yetdi, Fitch reytingni BB darajasiga oshirdi
- Malayziya Markaziy Osiyoda tibbiy turizm yoʻnalishi sifatidagi mavqeini mustahkamlamoqda
- Sunʼiy intellekt ekotizimini rivojlantirish boʻyicha ustuvor vazifalar belgilandi
- Polshadagi elchixona ko‘magida ona va bola Vatanga qaytarildi
Yangi o‘quv yilidan maktablarda dars soatlarini taqsimlash tartibi o‘zgartiriladi
- Bugun 2026/2027-o‘quv yili uchun kirish imtihonlari to‘liq yakunlanadi
- "Alisher Navoiy" hamda "Paxtakor" metro bekatlari oralig‘idagi eskalatorlardan biri yo‘lovchilar uchun foydalanishga qayta topshiriladi
- Ahadjon Kimsanboyev shaxmat bo‘yicha jahon chempioni bo‘ldi
- Boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilariga milliy sertifikat berish bo‘yicha imtihonlarni o‘tkazish tartibi belgilandi
- O‘qishga kirolmagan yoki yo‘nalish tanlamagan abituriyentlar vakant o‘rinlar uchun tanlovda ishtirok etadi