Buxoro shahri I.Karimov ko'chasida istiqomat qiluvchi fuqaro G.X. 2019 yil sentyabr` oyida "Bobkent qurilish servis" MCHJga qarashli zamonaviy ko'p qavatli uylardagi xonadonlardan birini xarid qilish maqsadida tashkilot rahbari bilan shartnoma tuzib, oldindan naqd pul to'lagan. SHartnoma talablariga asosan, uy 2021 yil mart oyida topshirilishi kerak bo'lgan. Ammo 2020 yil 27 fevral` kuni MCHJ rahbariyati tomonidan fuqaro chaqirilib, shartnoma muddati o'zgartirilgan. SHartnoma yangi tuzilgan bo'lsa-da, haligacha uy qurilishi boshlanmayotganidan norozi bo'lgan iste'molchi 2020 yil 20 iyulda Buxoro shahar iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga og'zaki murojaat qilgan. Ushbu murojaat yuzasidan jamiyat xodimlari tomonidan o'rganish olib borib, haqiqatan ham iste'molchining huquqi poymol qilinganini aniqladi. Jamiyat tomonidan iste'molchining 70 000 000 so'm naqd puli qaytarib olib berildi.
Barbod bo'lgan uy savdosi
SHartnoma talablariga asosan, uy 2021 yil mart oyida topshirilishi kerak bo'lgan. Ammo 2020 yil 27 fevral` kuni MCHJ rahbariyati tomonidan fuqaro chaqirilib, shartnoma muddati o'zgartirilgan.
Toshkentda jamoat transporti yoʻlkirasi oshiriladi
- Andijon viloyatida yuk mashinasi 5 ta avtomobilni urib yubordi
- Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston turizm sohasi xodimlariga yo‘llagan tabrigi o‘qib eshittirildi
- Shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zolariga
- O‘zbekiston turizm sohasi xodimlariga
- O ‘zbekiston — 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasi chempioni!
Oqqo‘rg‘on dalalarida yangi usul — yuqori hosil samarasi
- Xitoydan 121 bosh naslli qoramol olib kelindi
- «Xumo» fermer xo‘jaligi rahbari: «Ilmga yondashsak, kam bo‘lmaymiz»
- Suyultirilgan gaz taʼminoti: tizimga xususiy sektor kirib kelmoqda
- Paxtani birjada sotgan fermerga ham, uni sotib olgan klasterga ham har tonna uchun 500 ming soʻmdan subsidiya beriladi
- Shahnoza Mirziyoyeva Namanganda besh yoshli qizaloq bilan bog‘liq fojia yuzasidan munosabat bildirdi