«Jarima mablag‘ yig‘ish uchun emas, sohada tartib-intizom va profilaktika uchun xizmat qilishi kerak», – dedi davlat rahbari.
Shu bois, barcha turdagi jarimalar miqdori o‘rtacha 2 barobar kamaytiriladi.
Davlat korxonalari xarid qilgan tovarlar bo‘yicha tadbirkorning zakalat pulini qaytarish avtomatlashtiriladi.
Kelasi yildan tadbirkor va davlat o‘rtasidagi nizolarda «Tadbirkorning haqlilik prezumpsiyasi joriy etiladi. Tadbirkorning aybi sudda isbotlanmaguncha u aybsiz hisoblanadi va unga jarima yoki boshqa taʼsir chorasI qo‘llanmaydi.
Shuningdek, «Birinchi xato uchun ogohlantirish» qoidasI joriy etiladi. Birinchi bor qoida buzgan va odamlar hayoti, sog‘ligi yoki mulkiga zarar yetkazmagan tadbirkorga kamchilikni bartaraf etish uchun 10 kun beriladi.
Nazorat organlari birinchi instansiyadan keyingi har bir sud bosqichida davlat bojini to‘laydi. Savdo-sanoat palatasi huzuridagi ekspert kengashiga bojxona, qurilish, sanitariya, karantin va veterinariya sohalaridagi nizolarni ham ko‘rib chiqish vakolati beriladi.