Uchrashuv davomida Prezidentimiz tomonidan yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, sifatli ta’lim olishlari va zamonaviy kasb-hunar egallashlari davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekanligi alohida ta’kidlandi.
Uchrashuvda Toshkent davlat agrar universitetida yaratilgan zamonaviy ta’lim muhiti, bakalavriat va magistratura yo‘nalishlari, grant va stipendiyalar, xalqaro hamkorlik, amaliyot hamda bitiruvchilarning bandligini ta’minlash bo‘yicha imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumot berildi.
Shuningdek, tumanda faoliyat yuritayotgan fermer xo’jaliklari, qishloq xo’jaligi xodimlari uchun ta’lim olish imkoniyatlari, yaratilgan shart-sharoitlar va imtiyozlar haqida ma’lumot berildi.
Ochiq va samimiy ruhda o‘tgan uchrashuvda yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga batafsil javob oldilar, fikr va takliflarini bildirdilar.