Oʻtgan davrda Sharof Rashidov va Qarshi tumanlariga bir xil – 2 trillion 300 milliard soʻmdan kredit resursi berilgan.
Sharof Rashidov tumanida ushbu mablagʻ hisobidan 30 ming aholi kambagʻallikdan chiqarilgan boʻlib, bir kishiga oʻrtacha 78 million soʻm toʻgʻri kelgan. Qarshi tumanida esa 13 ming ehtiyojmandning sharoiti yaxshilanib, bir kishiga oʻrtacha 176 million soʻm sarflangan.
Qamashi va Piskent tumanlariga 1 trillion 100 milliard soʻmdan kredit berilgan. Qamashida 28 ming, Piskentda esa atigi 4,5 ming kambagʻal aholi bu toifadan chiqarilgan.
Gʻuzor, Nishon, Muborak, Yangiqoʻrgʻon, Toyloq, Boysun, Oltinsoy, Bandixon, Beshariq, Fargʻona tumanlari hamda Nurafshon, Bekobod va Yangiyoʻl shaharlarida ham shunday holat kuzatilayotgani aytildi.
Piskentda har bir odamni kambagʻallikdan chiqarishga 250 million soʻm kredit toʻgʻri kelayotgani aytildi. Vaholanki, boshqa hududda shuncha pulga sanoatda yuqori daromadli doimiy ish oʻrni yaratilayotgani koʻrsatib oʻtildi.