"O‘zbekistonning eng asosiy kapitali — uning yosh avlodi. Ushbu salohiyat kelgusida demografik dividend manbaiga aylanishi uchun bugundanoq har bir insonning, ayniqsa, ayollar va bolalarning salomatligi, ta’limi hamda xavfsizligiga investitsiya kiritishimiz zarur.
Bu boradagi sa’y-harakatlarimiz manzilli va uzoq muddatli bo‘lishini ta’minlash maqsadida demografik prognozlash tizimini yo‘lga qo‘yyapmiz hamda “Demografik dividend – 2050” strategiyasini ishlab chiqishni rejalashtiryapmiz.
Mamlakatimiz kelajagi nafaqat aholi soni, balki eng avvalo ular qanday imkoniyatlarga ega bo‘lishi bilan belgilanadi", dedi Saida Mirziyoyeva.