Shu bois maktabga chiqishdan avval bolaning umumiy salomatligini baholash, buning uchun esa tibbiyot mutaxassislariga murojaat qilish muhim.

Avvalo — pediatr ko‘rigi

Pediatr bolaning umumiy holatini baholaydi, bo‘yi va vaznini o‘lchaydi, rivojlanish ko‘rsatkichlarini tekshiradi. Zaruratga qarab boshqa mutaxassislar ko‘rigiga yo‘llanma beradi.

Oftalmolog ko‘rigi

Bolaning ko‘rish qobiliyatini tekshirish ayniqsa muhim. Ko‘rishdagi muammolar darslarni sust o‘zlashtirishga, tez charchashga va bosh og‘rig‘iga sabab bo‘lishi mumkin.

LOR shifokori ko‘rigi

Eshitish, burun va tomoq bilan bog‘liq muammolar bolaning nutqi, diqqati va ta’lim jarayoniga ta’sir qilishi mumkin.

Stomatolog ko‘rigi

Tish va og‘iz bo‘shlig‘i holatini tekshirish, mavjud muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va davolash tavsiya etiladi.

Ortoped yoki jarroh ko‘rigi

Qomat, umurtqa pog‘onasi va oyoq panjalarining holatini baholash, jismoniy faollik bo‘yicha tavsiyalar olish foydali.

Zaruratga ko‘ra boshqa mutaxassislar

Bolaning sog‘lig‘i va individual holatidan kelib chiqib, nevrolog, kardiolog, allergolog yoki boshqa mutaxassislar ko‘rigidan ham o‘tish zarur.

Laboratoriya va boshqa tekshiruvlar

Tibbiy tahlil va tekshiruvlar bolaning yoshi, sog‘lig‘i hamda shifokor tavsiyasiga qarab belgilanadi. 

Emlash holatini ham tekshiring

Maktab boshlanishidan oldin bolaning milliy emlash taqvimiga muvofiq emlanganligini va zarur tibbiy hujjatlari joyida ekanini tekshirib olgan yaxshi.