Yapon bolalar bog‘chalarida tajriba o‘tkazgan psixologlar shuni aniqladilarki, kichkintoylar taxminan besh yoshga to‘lganda ichlarida ishonchli hisoblay boshlaydi. Lekin maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar buni qanday qilishlarini tushuntirib bera olmaydi.

Bu mavzudagi maqola Acta Psychologica jurnalida chop etilgan, deb xabar berdi science.mail.ru.

Ichki monologni olib borish qobiliyati kattalar uchun tabiiy tuyuladi. Masan, sut sotib olishni o‘ziga eslatish yoki bo‘lg‘usi suhbatni miyada mashq qilish kabilar ichki nutq sanaladi. Bu diqqat va o‘z-o‘zini nazorat qilish bilan bog‘liq hisoblanadi, ammo yangi tadqiqot bu bog‘liqlik to‘liq tekshirilmadi.

Yosh bolalar ko‘pincha o‘z harakatlarini ovoz chiqarib sharhlaydi. Mana shu gaplashuv jarayoni tafakkurga bog‘lanayotgan paytni ilg‘ab olish qiyin. Chunki maktabgacha yoshdagi bolalar ichki holat va tasavvurlarin tushuntrib bera olmaydi, albatta. Shuning uchun ota-onalar va pedagoglar bolaning bu paytda nimalar qila olishini to‘lq tushunishlari qiyin.

Tadqiqotchilar Kota Otani va Yusuke Moriguti bolalarga oddiy test — beshgacha sanashni taklif qilishdi. Tajribada Yaponiya bog‘chalaridan uch yoshdan olti yoshgacha bo‘lgan 77 nafar bola va 25 nafar talaba ishtirok etdi. Har kim planshetdagi taymerni ishga tushirish tugmasini bosar, beshgacha sanardi va to‘xtatish tugmasini bosardi. Ekranda sekundlar ko‘rinmasdi. Avvaliga ovoz chiqarib sanaldi, keyin o‘sha sur’atda ichida qayta sanashdi.

Tafakkur rivojlanishining yashirin bosqichi

Mahoratni baholash uchun olimlar urinishdan urinishgacha bo‘lgan hisoblash vaqti qanchalik barqaror ekanligini tekshirishdi. Ovozsiz, ya’ni ichda hisoblash yosh o‘tishi bilan barqarorlashib boradi, tovush chiqarib hisoblashda esa bunday qonuniyat topilmadi.

Tadqiqotda kichikroq bolalar lablarini tez-tez qimirlatib sekin tovushlar chiqarishar yoki barmoqlari bilan sanashardi. Yakuniy tahlilga 58 nafar bola kiritildi: 19 nafari – asosan eng yosh bolalar vaqt va tartib-qoidalar bilan bog‘liq muammolar tufayli jarayondan chetlatildi.

So‘ngra bolalarga ichki nutq haqida savollar berildi. 29 nafar bolaning javoblari tahlil qilindi. Deyarli barcha kattaroq yoshdagilari o‘zlari bilan o‘zlari gaplashayotganliklarini tasdiqladi. Bolalarning javoblari esa har xil, biroq tasodifiy javoblardan yaxshiroq emasdi. Barqaror sanaydiganlar ichki nutqi boshqalardan ko‘ra yaxshiroq emasdi. Qizig‘i shundaki, kattalar ovoz chiqarib hisoblashni ichida sanashdan ko‘ra ma’qul topishdi. Ehtimol bunda o‘z tovushi ma’lum bir ritmni saqlashga yordam berar.

Xulosa qilib aytganda, bu ota-onalar va tarbiyachilar uchun muhim: agar yosh boladan fikrlarini bayon qilishiga qarab u allaqachon foydalanayotgan ko‘nikmalarga yetarlicha baho bera olmasligingiz mumkin.

Ishning kamchiliklari ham bor: beshgacha sanashiga qarab ularning qanday o‘ylash darajasini baholsh mushkul. Oldinroq o‘tkazilgan xotira testida taxminan yetti yoshdagilar ichki nutq belgilarini aniqlandi. Ammo boshqa tadqiqotchilar buni kichkintoylar uchun juda murakkab deb hisoblashgan.