BЕLTA agentligining France 24 nashriga tayanib xabar berishicha, tegishli ma’lumotlar Yevropaning Copernicus iqlim monitoringi xizmati tomonidan taqdim etilgan.

Sentabr oyida Jahon okeani yuzasidagi o‘rtacha harorat Selsiy bo‘yicha 21,05 darajani tashkil etdi. Bu 2023 yilda qayd etilgan sentyabr oyiga oid avvalgi rekorddan yuqori. Unda mazkur ko‘rsatkich 20,92 darajaga yetgan edi.

Meteorologlar rekord darajadagi isishning asosiy sababi sifatida 2026 yilda yuqori intensivlikka ega bo‘lgan tabiiy iqlim hodisasi — El-Ninoning kuchayishini ko‘rsatmoqda.

Sinoptiklar bir necha oydan beri joriy yildagi El-Nino kuzatuvlar tarixidagi eng kuchli hodisaga aylanishi mumkinligidan ogohlantirib keladi.

Copernicus baholashiga ko‘ra, sentyabr oyidagi ko‘rsatkichlar hali hodisaning eng yuqori nuqtasiga yetmagan bo‘lsa-da, El-Nino juda kuchli kechayotganini ko‘rsatadi, deb xabar berdi Kazinform.

El-Nino Tinch okeanining ekvatorial qismidagi suv yuzasi haroratining ko‘tarilishi bilan bog‘liq bo‘lib, dunyoning turli mintaqalaridagi ob-havo sharoitiga ta’sir ko‘rsatadi. Ushbu hodisa qurg‘oqchilik va suv toshqinlari xavfini oshirishi, shuningdek, inson faoliyati natijasida yuzaga kelayotgan global isish ta’sirini kuchaytirishi mumkin.