Sanepidqo‘mita Axborot xizmati tomonidan taqdim etilgan emlash taqvimiga ko‘ra:
- 1 sutkalikda — VGB-1: virusli gepatit Bga qarshi.
- 2–5 kunlikda — BSJ-1: sil kasalligiga qarshi.
- 2 oylikda — OPV-1, Rota-1, Pnevmo-1 va Penta-1: poliomielit, rotavirus infeksiyasi, pnevmokokk infeksiyasi, shuningdek difteriya, ko‘kyotal, qo‘qshol, gepatit B va b turidagi gemofil infeksiyaga qarshi.
- 3 oylikda — OPV-2, Rota-2, Pnevmo-2 va Penta-2: tegishli vaksinalarning navbatdagi dozalari.
- 4 oylikda — OPV-3, Rota-3, Penta-3 va IPV-1: poliomielit hamda boshqa tegishli infeksiyalarga qarshi.
- 9 oylikda — IPV-2: poliomielitga qarshi.
- 12 oylikda — KPK-1 va Pnevmo-3: qizamiq, epidemik parotit (tepki), qizilcha va pnevmokokk infeksiyasiga qarshi.
- 16 oylikda — AKDS-4 va OPV-4: difteriya, ko‘kyotal, qo‘qshol va poliomielitga qarshi.
- 6 yoshda — KPK-2: qizamiq, tepki va qizilchaga qarshi.
- 7 yoshda — ADS-M-5 va OPV-5: difteriya, qo‘qshol va poliomielitga qarshi.
- 9 yoshda — VPCH: odam papilloma virusiga qarshi, qiz bolalarga.
- 16 yoshda — ADS-M-6: difteriya va qo‘qsholga qarshi.
Eslatilishicha, 2, 3 va 4 oylikda qo‘llaniladigan Penta bitta kombinatsiyalangan vaksina bo‘lib, uning tarkibiga AKDS, VGB va XIB komponentlari kiradi. OPV va Rota vaksinalari og‘iz orqali, qolganlari esa tegishli yo‘riqnomaga muvofiq inʼeksiya orqali yuboriladi.
Emlashda aniq doza va yuborish joyi foydalanilayotgan vaksina yo‘riqnomaga muvofiq tibbiyot xodimi tomonidan belgilanadi.
Mamlakatdagi epidemiologik vaziyatdan kelib chiqib, emlash taqvimiga qo‘shimchalar kiritilishi mumkin. Jumladan, xabarda qayd etilishicha, hozirgi vaqtda qizamiqqa qarshi emlash 6 oylikda ham amalga oshirilmoqda.