Bu haqda
Qonun «tamakisiz avlod»ni shakllantirishni maqsad qiladi. Hujjat kuchga kirgach, hukumat tamaki va nikotin mahsulotlarini, jumladan, veyplarning taʼmi va qadoqlanishini ham tartibga solish vakolatiga ega boʻladi.
Shuningdek, veypdan foydalanish bolalar bor avtomobillarda, bolalar maydonchalarida, maktablar va shifoxonalar atrofida taqiqlanadi. Biroq u ochiq joylarda, masalan, kasalxona tashqarisida chekishni tashlashga harakat qilayotganlar uchun ruxsat etiladi.
Yangi cheklovlar restoran va pab hovlilari, plyajlar yoki xususiy ochiq hududlarga tatbiq etilmaydi. Fuqarolar oʻz uylarida chekishi va veypdan foydalanishda davom etishi mumkin.
Sogʻliqni saqlash va ijtimoiy himoya vaziri Ues Striting ushbu islohotni «millat salomatligi uchun tarixiy qadam» deb atadi. Uning taʼkidlashicha, mazkur choralar odamlar hayotini saqlab qolishga va sogʻliqni saqlash tizimiga tushadigan bosimni kamaytirishga xizmat qiladi.
Mutaxassislar fikricha, bu qonun soʻnggi oʻn yilliklardagi eng yirik jamoat salomatligi tashabbuslaridan biri boʻlishi mumkin.