Festival yakunlariga koʻra jamoa bir qator nufuzli yoʻnalishlarda gʻolib va sovrindor boʻldi:
- Suv roboti yoʻnalishi — 1-oʻrin
- Gumanoid robotlar — 2-oʻrin
- Robot-sapyor — “Eng yaxshi konstruktorlik yechimi”
Shuningdek:
Line Follower — 1-oʻrin va 2-oʻrinRobo Mission — 1-oʻrin va 2-oʻrin
Mazkur natijalar talabalarning innovatsion fikrlashi, yuqori texnik salohiyati hamda robototexnika va zamonaviy muhandislik sohalaridagi chuqur bilimlarini yaqqol namoyon etdi.
Maʼlumot uchun, “Kelajak muhandislari” xalqaro festivali Toshkent shahrida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tashabbusi bilan 28–30-aprel kunlari tashkil etildi. Unda muhandislikning 9 ta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha 34 ta respublika va xalqaro darajadagi musobaqalar hamda amaliy sinovlar oʻtkazildi.
Festival doirasida aviatsiya, robototexnika, agrotexnologiyalar, chip dizayn, “yashil” energetika va sunʼiy intellekt yoʻnalishlaridagi ilgʻor ishlanmalar namoyish qilindi.
Shuningdek, FPV dronlar poygasi, «
Tadbirda qariyb 14 ming nafar yoshlar ishtirok etdi. Xalqaro koʻrgazmalar, ilmiy-amaliy forumlar va xorijiy ekspertlar ishtirokidagi seminarlar esa yoshlar uchun muhim tajriba almashish maydoniga aylandi.
Qayd etish joiz, Buxoro davlat universiteti da ilm-fan va innovatsiyalarni rivojlantirish, yosh isteʼdodlarni qoʻllab-quvvatlash borasida olib borilayotgan ishlar oʻz samarasini bermoqda.
Universitet jamoasi barcha gʻolib va sovrindorlarni samimiy muborakbod etadi.