Mamlakatimizda oliy ta’lim tizimini xalqaro standartlar asosida rivojlantirish, ta’lim sifatini oshirish va oliy ta’lim muassasalarining jahon ta’lim makonidagi raqobatbardoshligini mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlar izchil davom etmoqda.
Bu boradagi amaliy natijalardan biri sifatida Buxoro davlat universitetining 10 ta istiqbolli ta’lim dasturi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi tomonidan muvaffaqiyatli davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazildi.
Akkreditatsiyaga bakalavriat bosqichining Davlat auditi, Yurisprudensiya (masofaviy), Davolash ishi va Tibbiy profilaktika ishi yo‘nalishlari hamda magistratura bosqichining Tarixshunoslik, manbashunoslik va tarixiy tadqiqot usullari, Davlat auditi va moliyaviy nazorat, Biznes huquqi, Amaliy siyosatshunoslik, Biznesni boshqarish (MBA) hamda Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari nazariyasi va metodikasi mutaxassisliklari loyiq topildi.
Hamkorlik materiali