YUNESKO rasman Özbekistonning qadimiy şahrini mazkur muhim xalqaro tadbirni ötkaziş joyi deb eʼlon qildi. Konferensiyani Buxoroda ötkaziş taşabbusi Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev tomonidan 2025-yil oktyabr oyida Samarqandda bölib ötgan YUNESKO Boş konferensiyasining 43-sessiyasi oçilişida ilgari surilgan edi.
Uşbu qaror Özbekistonda madaniyat, kreativ industriyalar va barqaror şaharsozlikni rivojlantiriş borasida amalga oşirilayotgan saʼy-harakatlarning xalqaro miqyosda eʼtirof etilganining yaqqol namunasidir. Buxoro Markaziy Osiyo, Mustaqil Davlatlar Hamdöstligi va Turkiy davlatlar taşkiloti makonida YUNESKOning uşbu nufuzli konferensiyasiga mezbonlik qiladigan ilk şaharga aylanadi.
Forumning asosiy mavzulari sifatida ijodiy industriyalarni rivojlantiriş, madaniy merosni asrab-avaylaş va undan zamonaviy şaroitda foydalaniş, yoşlar hamda ijodiy kasb egalarini qöllab-quvvatlaş, şuningdek, madaniyatning BMT Barqaror rivojlaniş maqsadlariga erişişdagi hissasini oşiriş masalalari belgilangan.
Mazkur tadbir Özbekistonning turistik va madaniy salohiyatini yanada keng tarğib qiliş, xalqaro hamkorlikni mustahkamlaş hamda madaniyat va kreativ iqtisodiyot sohasiga yangi hamkorlar va investitsiyalarni jalb etiş uçun qöşimça imkoniyatlar yaratadi.
Buxoro 1993-yildan buyon YUNESKOning Butunjahon merosi röyxatiga kiritilgan. 2023-yilda esa şahar “Hunarmandçilik va xalq ijodiyoti” yönalişi böyiça Ijodiy şaharlar tarmoğiga qöşilib, anʼanaviy hunarmandçilik va madaniy almaşinuvning yetakçi markazlaridan biri ekanini yana bir bor tasdiqladi.
2004-yilda taşkil etilgan YUNESKO Ijodiy şaharlar tarmoği dunyoning 110 dan ortiq mamlakatidan 408 şaharni birlaştiradi. Yillik konferensiya tarmoqning asosiy tadbiri hisoblanib, u aʼzo şaharlar vakillarini tajriba almaşiş, ijodiy industriyalar taraqqiyotini muhokama qiliş va xalqaro şeriklikni mustahkamlaşga qaratilgan.