Bu haqida Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, bugun, 22 iyun kuni soat 16:50 da Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi g‘avvos-qutqaruvchilari tomonidan olib borilgan qidiruv ishlari davomida ikkinchi bolaning jasadi ham suvdan olib chiqilgan.
Eslatib o‘tamiz, 17 iyun kuni Bo‘stonliq tumanidagi “Obod” mahallasida yashovchi 2016 va 2018 yillarda tug‘ilgan ikki nafar voyaga yetmagan bola yashash uyi yaqinidan oqib o‘tuvchi Bo‘zsuv kanaliga ehtiyotsizlik oqibatida tushib ketgan.
Hodisa yuzasidan qutqaruvchilar tomonidan bir necha kun davomida qidiruv ishlari olib borildi. 21 iyun kuni bolalardan birining jasadi topilgan edi.
Bugun ikkinchi bolaning ham jasadi aniqlanishi bilan qidiruv-qutqaruv ishlari yakunlandi.