Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Namangan viloyati boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda Davlatobod tumani MMTB mas’ul shaxslari va boshqalar o‘zaro til biriktirib, tumandagi ta’lim muassasalariga isitish qozoni yetkazib berish bo‘yicha tuzilgan shartnomaga ko‘ra “ABS” nomli isitish qozonlari sotib olishlari lozim bo‘lsa-da, amalda “LES” nomli isitish qozonlarini sotib olib, 1 mlrd so‘m budjet mablag‘larini o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.