Bugun, 19-avgust kuni boʻlib oʻtgan yigʻilishda Ijroiya qoʻmitasining 8 nafar aʼzosi mazkur masalani koʻrib chiqdi.
Barcha aʼzolar yigʻilishda ishtirok etgan. Ulardan Odil Ahmedov va Alisher Yusupov Kuala-Lumpurdan, Elbek Samatov esa Andijondan turib masofaviy tarzda ovoz bergan.
Qayd etilishicha, 17-avgust kuni Assotsiatsiya prezidenti Bahodir Qurbanov tomonidan imzolangan taqdimnoma Liga Ijroiya qoʻmitasiga yuborilgan va unda bosh direktor lavozimi uchun Diyor Imomxoʻjayev nomzodi ilgari surilgan edi.
Yigʻilish yakuniga koʻra, Ijroiya qoʻmitasining barcha aʼzosi uni bir ovozdan bosh direktor sifatida tasdiqladi.
Shu tariqa, Diyor Imomxoʻjayev 2026 yil 19 avgustdan boshlab keyingi toʻrt yil davomida Liga bosh direktori vazifasini bajaradi.