Birjadagi savdo ma’lumotlariga ko‘ra, WTI xom neftining narxi 5,95% ga pasayib, bir barrel uchun 79,63 dollarni tashkil etdi. Brent nefti esa 5,20% ga pasayib, 83,36 dollarni tashkil etdi.
Shu bilan birga, Urals xom neftining narxi biroz pasayib (-0,97%), 1 barrel uchun 84,56 dollarga yetdi.
Ta’kidlash joizki, avvalroq Qozog‘iston, Saudiya Arabistoni va Rossiya kabi yettita OPEK+ davlati 2026-yil sentabridan boshlab neft qazib olishni kuniga 188 ming barrelga oshirishga kelishib olgan edi.