O‘zbekiston milliy terma jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodov Turkiya Superligasining 2025/26 yilgi mavsumida eng sermahsul futbolchilardan biri bo‘ldi.
Mavsum davomida «Bashakshehir» safida to‘p surgan o‘zbekistonlik futbolchi 22 ta gol va 5 ta assist muallifiga aylandi. Shu tariqa u «Trabzonspor» hujumchisi Paul Onuachu bilan bir xil miqdorda gol urib, chempionatning eng yaxshi to‘purarlaridan safidan joy oldi.
To‘purarlar ro‘yxatida «Fenerbahche» a’zosi Anderson Talisca 19 ta gol bilan keyingi o‘rinni egalladi.
Turkiya Superligasi 2025/26 yilgi mavsumining eng yaxshi to‘purarlaridan:
— Eldor Shomurodov («Bashakshehir») — 22 gol
— Pol Onuachu («Trabzonspor») — 22 gol
— Anderson Taliska («Fenerbahche») — 19 gol
— Viсtor Osimhen («Galatasaroy») — 15 gol
— Mohamed Bayo («Gaziantep») — 15 gol
— Mauro Iсardi («Galatasaroy») — 14 gol
— Felipe Augusto («Trabzonspor») — 13 gol
— Ernest Muchi («Trabzonspor») — 11 gol
— Juan Santos («Gyoztepe») — 11 gol
— Marсo Asensio («Fenerbahche») — 11 gol
Ma’lumot uchun, mavsum yakuniga ko‘ra Galatasaray 77 ochko bilan chempionlikni qo‘lga kiritdi. Fenerbahche 74 ochko bilan ikkinchi o‘rinni egallagan bo‘lsa, Trabzonspor 69 ochko bilan kuchli uchlikni yakunladi.
Istanbul Bashakshehir esa 57 ochko bilan chempionatni 5-pog‘onada tugatdi.