Bu haqda Eron Qurolli kuchlarining “Xatam al-Anbiya” markaziy shtabi ma’lum qildi.

AQShning o‘z hududiga bir necha bor zarba berishi ortidan Eron Hormuz bo‘g‘ozini butunlay yopishga qaror qildi, deb xabar berdi Kazinform.

"Bundan buyon mintaqada xavfsizlikning yo‘qligi sababli Hormuz bo‘g‘ozi barcha turdagi kemalar, jumladan, neft tankerlari va savdo kemalari uchun yopiq deb e’lon qilinadi. Bo‘g‘ozdan o‘tishga bo‘lgan har qanday urinish zarba berish orqali to‘xtatiladi", deya xabar berdi Eron davlat televideniyesi shtabdan iqtibos keltirgan holda.

O‘z navbatida, Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi o‘zining dengiz kuchlari bo‘g‘ozdan o‘tishga uringan ikkita kemaga zarba berganini ma’lum qildi.