Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Farg‘ona viloyati boshqarmasi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro S.A. fuqaro I.D.ning ishonchiga kirib, unga o‘zini O‘zbekiston Respublikasi hakamlik sudi sudyasining yordamchisi deb tanishtirib, go‘yoki yuqori lavozimlarda ishlovchi tanishlari orqali 210 000 AQSh dollari evaziga uni Uchko‘prik tumani hokimi lavozimiga ishga joylashtirib qo‘yishini aytib, kelishilgan puldan 100 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.