Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Marg‘ilon shahri bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda Toshloq tumani kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi sobiq boshlig‘i M.B. “Konizar” MFY hokim yordamchisi I.K.ning tavsiyasi asosida ajratilgan imtiyozli kredit mablag‘larining maqsadli sarflanishini o‘rganish maqsadida noqonuniy ravishda tekshirish tashkillashtirib, go‘yoki tekshiruv natijalariga ko‘ra aniqlangan kamchiliklar yuzasidan chora ko‘rmasligini va’da qilib, evaziga I.K.dan 600 AQSh dollarini bundan tashqari mansab vakolatini suiiste’mol qilib, turli bahonalar bilan 17 mln so‘mini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganligi aniqlanib, ushbu pullar hisobidan 10 mln so‘mning qaytarilishi protsessual tartibda rasmiylashtirilgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.