19-noyabr kuni soat 06:19 da Sirdaryo issiqlik elektr stansiyasidan Farğona vodiysi viloyatlariga elektr energiyasi yetkazib beruvçi «L-503» elektr uzatiş tarmoğida avariyaviy uziliş sodir böldi.
Energetika vazirligi xabar berişiça, noqulay ob-havo şaroiti taʼsirida murakkab relyefli adirlik hududida joylaşgan elektr uzatiş tarmoği tayançlaridan biri qulab tuşgan. Natijada avtomatik himoya tizimi işga tuşib, mazkur tarmoq orqali elektr energiyasi uzatilişi vaqtinça töxtagan.
Bu esa ayrim isteʼmolçilarning elektr taʼminotida uzilişlarga sabab bölgan.
Ayni paytda «Özbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ mutaxassislari va avariya-tiklaş brigadalari hodisa joyida iş olib bormoqda. Avariya oqibatlarini bartaraf etiş va elektr uzatiş tarmoği faoliyatini tiklaş işlari Tojikistonning tegişli taşkilotlari bilan hamkorlikda amalga oşirilmoqda.
Taʼmirlaş işlari yakunlanguniga qadar Farğona vodiysi viloyatlarining ayrim hududlarida elektr taʼminotiga vaqtinçalik çeklovlar kiritilişi mumkin.
Vazirlik maʼlumotlariga köra, Farğona vodiysiga elektr energiyasi boşqa tarmoqlar orqali ham yetkazib beriladi. Xususan, Farğona viloyatiga Toşkent viloyatidagi «Yangi Angren» issiqlik elektr stansiyasidan çiquvçi 500 kV kuçlanişli «L-524» elektr uzatiş tarmoği orqali ham elektr energiyasi uzatiladi.
Qayd etilişiça, vaziyat Energetika vazirligining doimiy nazoratida. Isteʼmolçilarni barqaror elektr energiyasi bilan taʼminlaş va uzilişlarni imkon qadar qisqa muddatda bartaraf etiş çoralari körilmoqda.
Vazirlik taʼmirlaş işlarining borişi va elektr taʼminotidagi özgarişlar haqida qöşimça axborot berib borilişini maʼlum qildi.