Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati maʼlum qilishicha, tekshiruvlar natijasida 95 nafar shaxs noqonuniy buyum va ashyolarni saqlab kelgani aniqlangan.

Oʻrganishlar davomida 41 nafar shaxsning xatti-harakatlarida jinoyat alomatlari mavjudligi belgilangan. Shuningdek, 54 nafar shaxsning harakatlarida maʼmuriy huquqbuzarlik alomatlari aniqlanib, ularga nisbatan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgan.

Tezkor tadbirlar davomida 10 dona sovuq qurol sifatida ishlatilishi mumkin boʻlgan buyum, 1 kilogramm 96 gramm giyohvandlik vositalari, 53 tup giyohvandlik oʻsimligi, 2 dona ov quroli, 18 dona pnevmatik qurol hamda boshqa turli ashyolar daliliy ashyo sifatida olingan.

Hozirda aniqlangan holatlar yuzasidan qonunchilikda belgilangan tartibda tegishli protsessual choralar koʻrilmoqda.