Ko'plab kasalliklar noto'g'ri ovqatlanish tufayli yuzaga kelishini yaxshi bilamiz. Masalan, jigar, o't qopi, oshqozon-ichak, qon-tomir, endokrin tizimi xastaliklari ko'pincha nosog'lom taomlanish asoratlari sifatida izohlanadi. Ammo xuddi shu omil miya xastaliklari, xususan, aqliy zaiflikni ham keltirib chiqarishi mumkin ekan. Avstraliyalik olimlar o'z tadqiqotlari yakunida shunday xulosaga kelishdi. Jumladan, dementsiya kasalligida miya to'qimalarining nobud bo'lishi kuzatiladi. Bu atsetilxolin moddasi etishmovchiligi tufayli yuz beradi. Oqibatda bunday bemorlarning 60 foizida Altsgeymer qayd etilib, xastalik vaqt o'tishi bilan kuchayib boraveradi. Avstraliyalik mutaxassislar zararli oziq-ovqatlardan butunlay voz kechish ana shunday holatlar xavfini sezilarli darajada kamaytiradi, degan fikrda. Chunki ba'zi taomlar tarkibidagi to'yingan yog'lar va transyog'lar dementsiya rivojlanishini tezlashtiradi. Yog'li sut mahsulotlari, jumladan, sariyog', shuningdek, shokolad, go'sht, pal`ma va kokos moylari shular sirasidan. Transyog'lar, ayniqsa, hozirgi kun iborasi bilan aytganda, fastfudlar, qizarib pishgan ovqatlar va gazaklar, do'konda xarid qilingan pishiriqlar, xususan, tort va pechen`e tarkibida ko'p uchraydi. Tadqiqotga ko'ra, yuqoridagi oziq-ovqatlarni iste'mol qiladigan odamlarda aqliy zaiflik va miya xasaliklariga chalinish xavfi ancha yuqori. Parhezga amal qiluvchi, ya'ni to'yinmagan yog'lar iste'molidan tiyiladigan kishilarda esa kognitiv buzilishlarning rivojlanish xavfi kamroq. Bu faktlar ko'cha-ko'yda lavash, gamburger, xot-dog kabi tezpishar taomlarni ko'rsa, og'zining tanobi qochadigan, shirinliklarga mukkkasidan ketgan yoshlarimiz, ishdan keliboq yog'likkina, sergo'sht ovqatlarni paqqos tushiradigan yurtdoshlarimiz uchun bir saboq bo'lsa ajab emas,deb ogohlantiradi Sogʻliqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.
“Fastfud”lar miya xastaliklariga sabab bo'lishi mumkin(mi?)
Tadqiqotga ko'ra, yuqoridagi oziq-ovqatlarni iste'mol qiladigan odamlarda aqliy zaiflik va miya xasaliklariga chalinish xavfi ancha yuqori. Parhezga amal qiluvchi, ya'ni to'yinmagan yog'lar iste'molidan tiyiladigan kishilarda esa kognitiv buzilishlarning rivojlanish xavfi kamroq.
Oʻzbekiston Prezidenti MDH mamlakatlari milliy taomlari festivalida boʻldi
- Toshkentda xonadon yertoʻlasidan 1176 dona kuchli taʼsir qiluvchi dori topildi
- APK orqali 250 ga yaqin fuqaroning puli oʻgʻirlangan — Qoraqalpogʻistonda kiberjinoyatchilar ushlandi
- Davlatimiz rahbari Armaniston Bosh vaziri bilan ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirish masalalarini muhokama qildi
- O‘tmish va kelajak o‘rtasidagi ijodiy platforma
- Adabiyot bo‘yicha Nobel mukofotiga Enn Karson loyiq ko‘rildi
Shahnoza Mirziyoyeva Namanganda besh yoshli qizaloq bilan bog‘liq fojia yuzasidan munosabat bildirdi
- Xitoydan 121 bosh naslli qoramol olib kelindi
- Paxtani birjada sotgan fermerga ham, uni sotib olgan klasterga ham har tonna uchun 500 ming soʻmdan subsidiya beriladi
- Suyultirilgan gaz taʼminoti: tizimga xususiy sektor kirib kelmoqda
- Namanganda 5 yoshli qiz bilan bog‘liq jinoyat ishi Bosh prokuror nazoratiga olindi
- Qidiruvdagi shaxs ayollarni terrorchilik tashkilotlariga jalb qilgani aytilmoqda