Birgina yakshanba kuni mamlakat bo‘ylab sakkizta meteorologiya stansiyalarida mutlaq mahalliy harorat rekordlari qayd etildi. Markaziy va g‘arbiy mintaqalardagi bir nechta kommunalarda harorat 41-42 darajadan yuqori ko‘tarildi, deb xabar berdi mir24.tv.
Haddan tashqari issiqlik tufayli fransuz sinoptiklari mamlakatning Yevropa qismidagi 49 ta departamentida 22-iyun, dushanba kuni uchun eng yuqori (qizil) ob-havo ogohlantirishini e’lon qilishdi. Ogohlantirish taxminan 35 million aholiga taalluqli.
Bu haqda BFMTV telekanali milliy meteorologiya xizmati ma’lumotlariga tayanib xabar berdi.