Bu yoş toifasidagi Özbekiston terma jamoasi birinçi uçraşuvda jasmonan baquvvat Kot-dʼIvuar futbolçilari bilan tengma-teng kuraşdi. Oxirida ötkazib yuborilgan gol evaziga bir töp farqi bilan yutqazdi.
Futbolçilarimiz Yamayka bilan bölgan ikkinçi öyinda hisobda ortda borişiga qaramay, raqib darvozasiga oltita töp kiritib, mağlubiyatni ğalabaga aylantirib yubordi. Guruhdagi uçinçi uçraşuvda terma jamoamiz Yevropaning amaldagi çempioni Italiyaga qarşi saf tortadi. Tabiiyki, öyinlarni tahlil qilib boruvçi statistika markazlari bu töqnaşuvda yevropaliklarning imkoniyatini biroz yuqori baholamoqda.
Xususan, Dongqiudi mustaqil statistik modeli quyidagiça taxmin bildirdi:
- Özbekiston ğalabasi – 30 foiz
- Durang – 25 foiz
- Italiya ğalabasi – 45 foiz.
Bularning bari öyin oldidan taxmin xolos. Heç bir uçraşuv natijasini oldindan bilib bölmaydi. Ayniqsa, ösmirlar va yoşlar futbolida. Futbolda hammasi maydonda hal böladi.
Zero, Italiya terma jamoasi boş murabbiyi Daniele Françeskini ham öyin oldidan Özbekistonni sifatli futbolçilarga ega, taktik jihatdan yaxşi şakllangan jamoa, deb taʼrifladi. U uçraşuv qiyin bölişini ham taʼkidlagan.
Özbek futbolçilari dastlabki ikki uçraşuvda murakkab vaziyatlarda ham kuraşa oliş qobiliyatini, irodasini namoyiş qila oldi. Italiyaliklar bilan böladigan bahsda ham natija qanday bölişidan qatʼi nazar, yigitlarimiz bor qobiliyatini işga solişiga aminmiz.
Terma jamoamiz hujumçisi Suhrob Sadirjonovning yamaykaliklar darvozasiga uçta töp kiritganidan keyin Qatardagi jahon çempionati kaşfiyotlaridan biri sifatida eʼtirof etildi.
Bundan taşqari, Muhammad Hakimov xalqaro futbol hamjamiyati nazariga tuşganiga ança böldi. Hakimov oktyabri oyida Fabio Kannavaro qöl ostida Özbekiston milliy terma jamoasida ham debyutini nişonlab, boş jamoada öyin ötkazgan eng yoş futbolçi sifatida nomi tarixga kirdi.
Özbekiston U-17 terma jamoasi safidagi barça öyinçilar özbek futbolining yangi avlodi sifatida katta futbolga qadam taşlamoqda. Ular orasidan jahon futbolida yuqori çöqqilarga kötarilişga qodir futbolçilar yetişib çiqişiga umid qilib qolamiz va bölajak uçraşuvlarda muvaffaqiyat yor bölişini tilaymiz.
Zohir TOŞXÖJAYEV,
sport jurnalisti