Bu qadam Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) tavsiyalariga mos keladi, u mamlakatlarni keyingi 10 yil ichida shakarli ichimliklar, alkogol va tamaki mahsulotlari narxlarini soliqqa tortish orqali 50% ga oshirishga chaqirgan, deb xabar berdi kazinform.

JSST ma’lumotlariga ko‘ra, hozirda 100 dan ortiq mamlakatda shakarli ichimliklarga soliq solinadi.

Fevral oyida e’lon qilingan Forsa tashkiloti so‘rovnomasiga ko‘ra, nemislarning taxminan 60 foizi soliq joriy etilishini qo‘llab-quvvatlaydi.

Ushbu soliqdan kutilayotgan yillik daromad 450 million yevro (527 million dollar) kasalliklarning oldini olish va sog‘liqni saqlashni rivojlantirish dasturlarini moliyalashtirishga sarflanadi.

Shu bilan birga, lobbistlar bu rejaga qarshi chiqib, shakar narxining oshishi hech bir mamlakatda ortiqcha vaznli odamlar sonining kamayishiga sabab bo‘lmaganini da’vo qilyapti.