Yong‘in haqida soat 20:30 da xabar berilgan. Vaziyatning murakkabligi sababli Favqulodda vaziyatlar vazirligi yuqori daraja shay holatga keltirildi. Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligining Checheniston Respublikasi bo‘yicha bosh boshqarmasi boshlig‘i Alixan Sakayev yong‘inni o‘chirish ishlarini nazorat qildi. Yong‘inning umumiy maydoni 2850 kvadrat metrga yetdi. Yonayotgan binodan 300 kishi evakuatsiya qilindi, yana 40 kishi qutqarildi. Halok bo‘lganlar yo‘q. Hozirda yong‘in sababi o‘rganilmoqda, Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligi tergovchilari voqea joyida ishlamoqda. Checheniston Respublikasi rahbari Ramzan Qodirov zudlik bilan tiklash ishlarini buyurdi. Mutaxassislar yaqin bir necha soat ichida bino va kvartiralarni ta’mirlashni boshlaydilar. Jabrlangan aholi uchun yangi mebellar sotib olinadi. Qayta tiklash ishlari davomida aholi vaqtincha barcha qulayliklarga ega shinam kvartiralarga ko‘chiriladi. Hozirda favqulodda vaziyatlar xizmati yong‘in oqibatlarini bartaraf etish va jabrlanganlarga yordam ko‘rsatish uchun barcha zarur choralarni ko‘rmoqda, deb xabar berdi kavkaz.mk.ru.