Shu bilan birga, sertifikat olish tadbirkorlar uchun qo‘shimcha xarajat ekani inobatga olindi.
Qiybati 50 million dollardan yuqori bo‘lgan noturar joy loyihalari uchun “yashil” sertifikat xarajatlari davlat tomonidan to‘liq qoplanadi. Investor sotib olgan har bir yer maydonining 30 foizini yashil hududga aylantirish talabi ham Yangi Toshkentdagi loyihalarga qo‘llanmaydi. Shaharning 30 foizini ko‘kalamzorlashtirish bosh reja asosida davlat tomonidan ta’minlanadi.
Yirik sarmoyadorlar bilan ishlashda ham yangi yondashuv joriy etiladi. Qiybati 50 million dollardan yuqori har bir loyihaга mas’ul biriktiriladi. U investorga obyekt ishga tushguniga qadar hamrohlik qilib, yuzaга keladigan masalalarni hal etishga ko‘maklashadi.
“50 million dollardan yuqori har bir loyihaga – bitta investitsiya bitimi” tamoyili amal qiladi. Bitimda investорning majburiyatlari va tavakkalchiligi hisobga olinib, unga mos imtiyozlar paketi belgilanadi.