Massivni shahar markazi bilan bogʻlaydigan koʻprik 1-sentabrgacha ishga tushirilishi kerak edi. Viloyat hokimligi va boshqarmalar binolarini koʻchirish hali ham boshlanmagan. Davlat idoralarining oʻzi faollik koʻrsatmayotgani tadbirkorlarning sarmoya kiritish qarorlariga taʼsir qilayotgani aytildi.

Shu bois, Yangi Toshkent uchun eʼlon qilingan imtiyoz va imkoniyatlar “Shirin” massiviga ham tatbiq etiladi. Bu yerda ham investorlarga aniq loyihalar va ishlash uchun qulay shartlar taklif qilinishi lozim.