Çinakam ziyolilik atrofda bölayotgan voqealarga befarq qarab turmaslik, mustaqil fikrlay oliş va jamiyatdagi muammolarni körganda “menga nima” deb qöl siltab ketmasdan, ularning yeçimiga vijdonan masʼuliyat sezişdir. Ziyolining qadri ham u neçta maqola yozgani emas, balki aytgan sözi va qilgan işi odamlar hayotida qanday özgariş yasayotgani bilan ölçanadi.

Yaqin tarixga nazar taşlang: XX asr boşidagi jadid bobolarimiz — Mahmudxöja Behbudiy, Abdulla Avloniy, Abdurauf Fitrat kabilarning birortasida bugungidek zamonaviy akademiyalar yoki milliardlab grantlar bölmagan. Lekin ular millatning dardini öz dardi deb bilgani, odamlarning közini oçiş uçun bor-budini, hatto jonini tikkani sabab çinakam ziyoliga aylandi.

Bugungi ziyolilik ham xuddi şunday befarqlikka qarşi immuniteti, qilgan işi odamlar hayotida neçoğliq yoruğlik taratayotgani bilan belgilanişi lozim.

Özbekiston Qahramoni, zakiy munaqqid Ozod Şarafiddinov taʼbiri bilan aytganda, “Bugungi zamon yoxud davr bilan hamqadam, hamnafas yurmoq uçun tinimsiz ravişda öz-özini tahlil qilib boriş, bosib ötgan yöliga tanqidiy nazar bilan qaraş, umumlaşmalar qiliş, yölning qaysi nuqtasiga yetib kelganligini belgilab oliş, belgilangan joyga yetib kelolmagan bölsa, buning sabablarini halol va töğri aniqlaş talab qilinadi. Bu vazifani esa ziyolilar bajarmoği kerak böladi”.

Sönggi yillarda mamlakatimizda maktabgaça taʼlimdan tortib, oliy taʼlim va ilm-fangaça bölgan yaxlit uzluksiz tizim barpo qilindi. Unda inson kapitalini rivojlantiriş, uni zamonaviy tendensiyalar bilan uyğunlaştiriş uçun keng institutsional şaroitlar yaratildi.

Har qanday islohotga jon bağişlaydigan, uni qoğozdan hayotga köçiradigan kuç jamiyatning eng ilğor qatlami bölmiş ziyolilardir. Şu bois, olimlar, pedagoglar, ijodkorlar va fidoyi mutaxassislar jamiyatning uyğoq vijdoni sifatida maydonga çiqmas ekan, eng mukammal qonun va dasturlar doim ham kutilgan natijani bermaydi.

Yangi Özbekiston ziyolilarining boş missiyasi ham yaratilgan imkoniyatlarni odamlarning kundalik turmuş farovonligi va maʼnaviy yuksalişiga xizmat qildirişdan iborat.

Inson intellektual rivojlanişining dastlabki könikmalari bolalik davrida — oila va maktabgaça taʼlim muhitida şakllanadi. Bolaning olamga hayrat bilan boqişi, savol berişga qiziqişi, mustaqil fikrlaşga intilişi aynan şu bosqiçda şakllanadi.

Şu bois, maktabgaça taʼlimni faqat bolani maktabga tayyorlaş vositasi emas, balki millatning ertangi ziyoli qatlamini yetiştiruvçi muhim poydevor sifatida köriş lozim.

Bu borada mamlakatimizda tarixiy buriliş yuz berdi.

2017-yilda maktabgaça taʼlim bilan qamrov atigi 27 foizni taşkil etgan bölsa, 2026-yilga kelib 78 foizga yetdi — qamrov qariyb uç barobar kengaydi. ­Sönggi ön yilda 1 million 800 ming örinli boğçalar va 1 million 500 ming örinli maktablar barpo etildi, 10 mingdan ortiq taʼlim muassasasi zamonaviy qiyofaga keltirildi. Prezident, ijod va ixtisoslaştirilgan maktablar tarmoği esa millatning eng sara iqtidorlarini erta kaşf etiş maydoniga aylandi.

Oliy taʼlimda ham vaziyat tubdan özgardi. 2016-yilda oliy taʼlim qamrovi 9 foizni taşkil etgan bölsa, 2025-yilda 44 foizdan oşdi, 2026-yilda esa

45 foizga yetdi. Oliy taʼlim muassasalari soni 77 tadan 205 taga köpaydi. Birgina 2025/2026 öquv yili uçun bakalavriat va magistratura bosqiçlariga 45 ming 422 ta davlat granti ajratilgani, xususan, muhandislik va texnik yönalişlarga ustuvorlik berilgani ertangi kun bunyodkorlarini tayyorlaşga qaratilgan ulkan sarmoyadir.

Yana bir muhim jihat. Bugun ustoz va ziyolining qadri davlat siyosati darajasida uluğlanmoqda. 2023-yilda yangilangan Konstitutsiyada öqituvçi mehnati jamiyat va davlatni rivojlantiriş, xalqning maʼnaviy va madaniy salohiyatini boyitişning asosi sifatida mustahkamlandi. Bu norma pedagog va ziyolini şunçaki taʼlim beruvçi emas, balki millat maʼnaviyatining tayançi maqomiga kötardi.

Миллатнинг ziyoli qatlami kitobxonlikdan unib çiqadi. 2026-yil boşida qabul qilingan dastur asosida 2030-yilgaça mamlakatda aholining kitob öqiş körsatkiçini yiliga örtaça 10 ta kitobga yetkaziş maqsad qilindi, kitobxonlik madaniyatini rivojlantiriş jamğarmasiga yiliga 20 milliard söm ajratilişi belgilandi.

Buyuk ajdodimiz Abu Ali ibn Sino: “Ilm — narsalarning inson aqli yordami bilan örganilişidir, amalsiz ilm esa mevasiz daraxt kabidir”, deb taʼkidlagan edi. Zero, yoş avlod qalbida halollik, vatanparvarlik va mustaqil fikrlaş kabi fazilatlar yuksak darajada mujassam bölişi lozim.

Oddiy haqiqat şundaki, uyida kitob öqilmaydigan ota-ona bolasidan mutolaani talab qilolmaganidek, özi halol va izlanuvçan bölmagan ziyoli ham ortidan yoşlarni ergaştirolmaydi.

Qonimizdagi tafakkur kodi va raqamli asr çaqiriqlari

Mamlakatimizda ilm-fan va maʼrifat xususida söz ketganda, beixtiyor köz öngimizda Vatanimiz zaminida yaşab, butun başariyat tafakkurini nurafşon etgan buyuk qomusiy mutafakkirlar — Muhammad al-Xorazmiy, Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Ahmad al-Farğoniy, Mahmud az-Zamaxşariy, Mirzo Uluğbek va Alişer Navoiy siymolari gavdalanadi.

XI asrdagi Xorazm Maʼmun akademiyasidan tortib, temuriylar davri Renessansigaça bölgan tariximiz jamiyat yuksalişining boşida hamişa maʼrifatparvar ziyolilar turganidan dalolat beradi.

Bugun tarixiy merosning davomiyligi uni şunçaki faxr bilan tilga olişda emas, balki zamonaviy ilm-fan ­yutuqlarini yaratiş va ularni xalq farovonligiga yönaltirişda namoyon böladi.

Prezidentimizning ilm-fan namoyandalari va ijodkor ziyolilar bilan ötkazgan uçraşuvlarida ilmiy salohiyatdan samarali foydalaniş hamda olimlarni har tomonlama qöllab-quvvatlaş masalalariga ustuvor ahamiyat berilgani ham ayni şu maqsadga qaratilgan.

Olimning mehnatiga munosabat qay darajada özgarganini, eng avvalo, raqamlar körsatadi. Birgina 2025-yilning özida ilmiy tadqiqot va tajriba-konstruktorlik işlariga qariyb 1,7 trillion söm yönaltirildi. Bugun mamlakatimizda 43 mingdan ortiq tadqiqotçi faoliyat yuritmoqda. Ular qatoriga xorijdan qaytayotgan vatandoşlarimiz ham qöşilmoqda. Fanlar akademiyasi önta muhim yönalişda yölga qöygan ikki yillik reintegratsiya grantlari özga yurtlarda tajriba orttirgan olimlarimizga “Uyingizga qayting, bilimingiz şu yerda kerak”, degan oçiq taklif misolidir.

Oldinda bundan ham katta maqsadlar turibdi. 2030-yilgaça ilm-fanga sarflanadigan mablağning yalpi içki mahsulotdagi uluşini ön barobar oşiriş, bu mablağning 30 foizini xususiy sektor hissasiga töğri keltiriş rejalaştirilgan. Yaqin ikki yilda röyxatdan ötkazilgan intellektual mulk obyektlari sonini 100 mingtaga yetkaziş közda tutilgan. Boşqaça aytganda, ğoya qoğozda qolmasligi, himoyalangan ixtiroga, ixtiro esa mahsulotga aylanişi kerak.

Sunʼiy intellekt sohasidagi özgarişlar ayniqsa sezilarli. Özbekiston 2026-yilda bu sohaga tayyorlik böyiça xalqaro reytingda birdaniga 25 poğona kötarilib, 62-örinni egalladi. Mamlakatda 200 dan ortiq sunʼiy intellekt loyihasi amalga oşirilmoqda. “5 million sunʼiy intellekt yetakçilari” loyihasi esa yangi avlod ziyolilarini raqamli dunyoga tayyorlamoqda.

Bugungi iqtisodiy raqobatda yer osti boyligi yoki arzon işçi kuçidan köra bilim, sunʼiy intellekt va innovatsiyalar köproq ğolib kelmoqda. Şunday şiddatli davrda ziyolining vazifasi yangi texnologiya yaratiş bilangina çeklanmaydi. U jamiyatni bu özgarişlarga maʼnan va aqlan tayyorlaşi kerak.

Yaratilayotgan imkoniyatlar öz samarasini berayotgani xalqaro maydonda ham yaqqol körinmoqda. Ötgan yili öquvçi va talabalarimiz xalqaro fan olimpiadalaridan 278 ta medal olib qaytdi, ularning 51 tasi oltin. Şu yil avgustda Toşkentning özida 97 davlatdan kelgan 386 nafar yoş dasturçi iştirokida xalqaro informatika olimpiadasi bölib ötdi. Unda terma jamoamiz bir kumuş va uç bronza medalni qölga kiritib, tarixdagi eng yaxşi natijani qayd etdi. Iyulda Germaniyaning Mangeym şahrida ötgan xalqaro nemis tili olimpiadasida samarqandlik Marjona Ibodullayeva oltin, urgançlik Olimbek Baxtiyorov bronza medalni qölga kiritdi. Samarqand va Urganç nomi dunyo sahnasida aynan şunday yoşlar orqali yangramoqda.

“El-yurt umidi” jamğarmasi orqali tahsil olayotgan yoşlarimizning 80 foizi bugun dunyoning eng nufuzli yuzta universitetida öqimoqda. Ilgari bu körsatkiç 30 foiz edi. Katta ilmda ham yangi sahifalar oçilmoqda. Astronomiya instituti olimlari Otabek Burhonov va Kamoliddin Ergaşev NASAning DART kosmik missiyasidagi tadqiqotlari uçun xalqaro mukofotga sazovor böldi. Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti Şahlo Turdiqulova esa Özbekiston va Markaziy Osiyo tarixida ilk bor Jahon fanlar akademiyasining (TWAS) mintaqaviy vitse-prezidenti etib saylandi.

Jahon intellektual mulk taşkilotining Global innovatsiyalar indeksida Özbekiston 139 mamlakat orasida 77-öringa çiqib, 2020-yildagiga nisbatan 19 poğona kötarildi. Ilm-fan va muhandislik bitiruvçilari uluşi böyiça esa dunyoda ikkinçi örindamiz. Biroq şu indeksning özida innovatsiyalarga ajratilayotgan resurslar böyiça 68-örin, innovatsion faoliyat natijalari böyiça 78-örin egallangan. Demak, bizda isteʼdod ham, mutaxassis ham yetarli, ammo bu salohiyat hali töliq iqtisodiy samaraga aylanmayapti. Şu böşliqni töldiriş bugungi ziyolilar va ilmiy jamoatçilik oldidagi eng masʼuliyatli vazifalardan biridir.

Davr sinovidagi vijdon

Şarqning uluğ mutafakkiri Abu Nasr Forobiy maşhur “Fozil odamlar şahri” asarida: “Fozil şahar aholisi bir-biriga yordam beradigan, haqiqiy baxt-saodat yölida ilm va maʼrifatga tayanadigan jamiyatdir”, deb taʼkidlagan. Bugungi şiddatli davr ham ziyolilardan kabinet doirasida qolib ketmasdan, jamiyat hayotining eng oğriqli nuqtalariga kirib borişni talab etmoqda. Ziyoli davlat va xalq örtasidagi jonli köprik, jamoatçilik fikrini şakllantiruvçi maʼnaviy ustundir.

Masalan, muayyan hududda yoşlar bandligi muammosi mavjud bölsa, uni faqat iş örinlari yetişmasligi bilan izohlaş yetarli emas. Bunda taʼlim sifati, kasbiy könikmalar, mehnat bozori talablari va yoşlarning ijtimoiy intilişlarini birgalikda örganiş talab etiladi. Bu jarayonda olim, pedagog, iqtisodçi, psixolog va ijodkorning bir yoqadan boş çiqarişi hal qiluvçi ahamiyatga ega.

Xuddi şunday, suv resurslaridan oqilona foydalaniş yoki ekologik muammolarni hal etişda muhandislik yeçimlari bilan birga aholining ekologik madaniyatini yuksaltirişda ziyoli sözining taʼsiri beqiyos.

Ziyolilarning islohotlarga daxldorligi ularni şunçaki maʼqullaş bilan emas, balki qilinayotgan işlar samaradorligini xolis baholaş, kamçiliklarni röy-rost körsatiş va ilmiy asoslangan yeçimlarni ilgari surişda namoyon böladi. Zero, soğlom tanqidiy tafakkur taraqqiyotga tösiq emas, aksinça, qarorlar sifatini oşiruvçi va jamiyatni xatolardan asrovçi kuçdir.

Şu nuqtai nazardan, hududlarda taşkil etilayotgan ziyolilar uçraşuvlari va jamoatçilik kengaşlari rasmiy tadbirlar doirasida qolib ketmasdan, mahalliy muammolarni çuqur tahlil qiluvçi, aniq ijtimoiy loyihalarni işlab çiquvçi aql markazlariga aylanişi lozim. Zotan, jamiyat rivoji uçun tadbirlar sonidan köra ularning natijasi, balandparvoz şiorlardan köra hayotga tatbiq etilgan amaliy yeçimlar muhimroqdir.

Ziyoli qatlam örtasidagi muloqot maydonlarini yaratişga qaratilgan amaliy qadamlardan biri yaqinda qöyildi. Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, Toşkent şahri va barça viloyatlarda “Yangi Özbekiston ziyolilari — milliy yuksaliş tayançi!” şiori ostida Özbekiston ziyolilari kengaşining hududiy yiğilişlari bölib ötdi.

Yiğilişlarda 2000 dan ortiq olim va professor-öqituvçi, şifokor va muhandis, madaniyat va sanʼat namoyandalari, nuroniylar hamda ijtimoiy faol yoşlar iştirok etdi. Poytaxtdan har bir hududga taniqli olim, pedagog va ijodkorlardan iborat işçi guruhlar bordi. Ammo asosiy söz joylardagi ziyolilarga berildi: muammoni yaxşi biladigan va yeçimini ham köpinça özi köra oladigan odamlar şulardir.

Muhokamalar 7 ta şöʼbada ötkazildi. Kun tartibida “inson qadri” ğoyasi va fuqarolik özligi, özbek tilining mavqei, millatlararo totuvlik, raqamli mediamakon, kreativ iqtisodiyot, yaşil taraqqiyot, innovatsion tibbiyot va taʼlim sifati kabi masalalar bor edi. Mavzularning öziyoq bugungi ziyolining taşvişi faqat maʼnaviyat bilan çeklanmasligini körsatib turibdi.

Muhokamalarda ziyolilar 3000 dan ortiq fikr-mulohaza va mingga yaqin taklif bildirdi. Aholi uçun oçilgan maxsus telegram-botga yana 600 taga yaqin taklif kelib tuşdi. Bu kengaş faqat ziyolilar örtasidagi suhbat bilan çeklanib qolmay, keng jamoatçilikka ham eşigini oçayotganidan dalolat.

Hududiy bosqiç yakunida eng faol iştirokçilar orasidan 210 vakil respublika yiğilişiga saralandi. Ular orasida 18 yoşli talaba ham, 88 yoşli nuroniy ham bor. Yoşi, kasbi, viloyati har xil bölgan bu insonlarni bitta savol birlaştiradi: ziyoli sifatida jamiyatga nima bera olaman?

Bugungi kun ziyolisi şu savolga javob topa olişi kerak. Bu javob amaliy iş bilan körsatiladi, albatta. Ziyolilarni “millat oydinlari” deymiz. Qaysi jamiyatda ziyolilarning ovozi baland yangrasa, şu jamiyat barça jabhada taraqqiyot sari olğa yuradi.

Ingliz adibi Çarlz Dikkensning: “Inson boşqalarning kamol topişiga yordam bermas ekan, özi ham tom maʼnoda kamol topa olmaydi”, degan hikmati ziyolilikning asl mohiyatini oçib beradi.

Şu maʼnoda, ziyolilarning jamiyat oldidagi masʼuliyati, taʼbir joiz bölsa, ziyolilikning eng oliy mezoni şaxsiy namuna va vijdon uyğoqligidir. Ilmiy halollik haqida gapirgan olim öz tadqiqotida unga qatʼiy amal qilişi, maʼrifatga çaqirgan pedagog doimiy izlanişda bölişi, adolat va faollikka daʼvat etgan ijodkor esa jamoatçilik hayotida oldingi safda turişi kerak.

Ayniqsa, bugungi axborot asrida, yoşlar ongi uçun kuraş ketayotgan bir paytda, ziyolilar zamonaviy raqamli maydonlar: ijtimoiy tarmoqlarda, mediamakonda ham faol bölişlari, yot ğoyalarga qarşi maʼrifat va mantiq bilan kuraşişlari, yoşlar uçun işonçli maʼnaviy möljal bölib xizmat qilişlari şart.

Söngsöz örnida

Darhaqiqat, sönggi yillarda taʼlim qamrovini kengaytiriş, pedagog maqomini konstitutsiyaviy mustahkamlaş, ilm-fanni moliyaviy rağbatlantiriş va yoş isteʼdodlarni qöllab-quvvatlaş böyiça ulkan poydevor yaratildi.

Binoning mustahkamligi va körki uni bunyod etuvçilarga boğliq bölganidek, Uçinçi Renessans poydevorini mustahkamlaş ham bevosita ziyolilarimizning fidoyiligi, jurʼati va ijtimoiy faolligiga boğliq.

Zotan, intellektual salohiyat inson qadrini yuksaltiriş, odamlar hayotini yengillaştiriş va jamiyatda adolat hamda maʼrifat muhitini qaror toptirişga xizmat qilgandagina öz oliy maqsadiga yetadi.

Maqolamiz avvalidagi Alişer Navoiy­ning “Hunarni asrabon netkumdir oxir,olib tuproqqami ketkumdir oxir”, degan ölmas bayti har bir ziyoli uçun ­dasturulamal bölmoği lozim.

Şunday ekan, yangi Özbekiston ziyolilarining tarixiy missiyasi öz bilimi va iqtidorini asrab-avaylaş emas, uni millat tafakkurini yangilaş, jamiyatni ezgu maqsadlar yölida birlaştiriş va Vatan taraqqiyotini yangi bosqiçga olib çiqişga safarbar etişdir.

Abror YUSUPOV,

siyosiy fanlar böyiça falsafa doktori, dotsent