Bugun global iqlim özgarişi, suv tanqisligi va biologik xilma-xillikning kamayişi insoniyat oldiga tobora murakkab vazifalarni qöymoqda. Bu jarayon tabiiy resurslar, oziq-ovqat xavfsizligi va kelajak avlodlarning yaşaş şaroiti bilan bevosita boğliq. Ayni paytda zamonaviy ilm-fan tabiatda keçayotgan özgarişlarni çuqur örganiş, ularning oqibatini oldindan baholaş va biologik boyliklarni asrab qoliş uçun yangi imkoniyatlar yaratmoqda.

Suhbatda fundamental ilm-fanning bugungi vazifalari, mamlakatimiz ösimliklar dunyosini örganiş borasidagi ilmiy izlanişlar, ekologik muammolar va ularning yeçimlari, şuningdek, milliy ilm-fanning xalqaro maydondagi örni hamda istiqboldagi vazifalar xususida söz boradi.

— Zamonaviy texnologiyalar şiddat bilan rivojlanyapti. Insoniyat tabiatga taʼsir körsatişning yangi imkoniyatlarini qölga kiritmoqda. Ayni paytda tabiatning biz hali töliq anglab yetmagan qonuniyatlari ham köp. Sizningça, şunday şaroitda fundamental ilm-fanning jamiyat oldidagi eng muhim vazifasi nimadan iborat?

— Menimça, fundamental ilm-fanning eng muhim vazifasi tabiat va jamiyatda keçayotgan jarayonlarni, ularning kelib çiqiş sabablari, mexanizmlari va qonuniyatlarini çuqur örganişdir. Ilm-fanning jamiyat va davlat oldidagi masʼuliyati esa ana şu bilimlar orqali bizni kelajakka tayyorlaşdan iborat.

Biz köpinça ilmiy tadqiqotdan, ayniqsa, fundamental izlanişlardan darhol amaliy natija, muayyan muammoning tayyor yeçimini kutamiz. Aslida, fundamental fanning ahamiyatini faqat şu mezon bilan baholab bölmaydi. Uning natijasi bugun yoki ertaga körinmasligi mumkin. Lekin yillar ötib, aynan şu tadqiqotlar qandaydir murakkab muammoni hal etiş uçun asos bölib xizmat qiladi.

Şuning uçun bir fikrni doim muhim deb bilaman: muammo yuzaga kelganidan keyin unga yeçim izlaş bilan çeklanmasligimiz kerak. Öşa muammoni hal qilişga zarur bilimlarni oldindan yaratişimiz şart. Fundamental fanning jamiyat uçun eng katta ahamiyatini, avvalo, şunda köraman.

Tabiat haqida hali hamma narsani bilib ulgurganimiz yöq. Örganilmagan jarayonlar, oçilmagan qonuniyatlar juda köp. Bilimlarimizdagi ana şu böşliqni töldirgunimizça tabiiy boyliklarimizni, ösimlik va hayvonot dunyosini, asrab-avaylaşimiz zarur bölgan ijtimoiy qadriyatlarimizni yöqotib qöymasligimiz kerak. Çunki bugun boy berilgan ayrim tabiiy resurslarni ertaga hatto eng ilğor texnologiyalar yordamida ham tiklaşning imkoni bölmasligi mumkin.

Şu maʼnoda, fundamental ilm-fanni qöllab-quvvatlaş doimiy eʼtiborimizda bölişi şart. Unga bugun sarflangan mehnat va mablağning haqiqiy qiymati, ehtimol, kelgusi avlodlar hayotida yanada yaqqol namoyon bölar.

— Botanika va biologiyani köpinça tabiatni örganuvçi fanlar sifatida tasavvur qilamiz. Vaholanki, bu sohalardagi tadqiqotlar oziq-ovqat xavfsizligi, iqlim özgarişiga moslaşiş, umuman, insoniyatning kelajagi bilan bevosita boğliq. Sizningça, bugun ösimliklar ­dunyosini örganiş va biologik xilma-xillikni saqlaşning ahamiyatini jamiyat yetarliça anglayaptimi?

— Ösimliklar xilma-xilligini örganişni insoniyatning ertangi kunini taʼminlaydigan eng muhim ilmiy yönalişlardan biri deb bilaman. Töğri aytdingiz: bugungi oziq-ovqat xavfsizligi, qişloq xöjaligi taraqqiyoti va kelajakdagi iqlim şaroitlariga moslaşiş imkoniyatlarimiz köp jihatdan tabiatda saqlanib qolgan biologik resurslarga boğliq. Masalan, qişloq xöjaligidagi yangi navlarni olaylik. Seleksionerlar oldida hosildorlikni oşiriş bilan birga yuqori harorat, suv tanqisligi, tuproq şörlanişi va turli kasalliklarga çidamli navlar yaratiş vazifasi turibdi. Xöş, bunday xususiyatlarni qayerdan olamiz? Ularning muhim manbalaridan biri madaniy ösimliklarning yovvoyi ajdodlari va yaqin qarindoşlaridir.

Gap şundaki, yovvoyi ösimliklar uzoq evolyutsion jarayonlar davomida turli tabiiy şaroitlarga moslaşgan. Ularning irsiy xususiyatlarida madaniy navlarda yetişmaydigan ayrim belgilar saqlangan böladi. Olimlar ana şu xususiyatlarni örganib, seleksiya jarayonida foydalaniş imkoniyatlarini aniqlaydi.

Buning amaliy natijalari ham bor. Masalan, buğdoyning yovvoyi qarindoşlariga xos irsiy resurslardan kasalliklarga çidamlilikni oşiriş va hosildorlik xususiyatlarini yaxşilaş böyiça seleksiya işlarida foydalanilgan. Demak, bugun tabiatda saqlanayotgan biror ösimlikning irsiy xususiyati ertaga dehqonçilik uçun muhim ahamiyat kasb etişi mumkin.

Tabiatda tirik organizmlar bir-biridan ajralgan holda yaşamaydi. Masalan, ösimliklarning köpayişida çanglatuvçi haşarotlarning örnini olaylik. BMTning Oziq-ovqat va qişloq xöjaligi taşkiloti maʼlumotlariga köra, dunyoda yetiştiriladigan oziq-ovqat ekinlari turlarining taxminan 75 foizi haşarotlar va boşqa jonivorlar orqali çanglanişga u yoki bu darajada boğliq. Çanglatuvçilarga boğliq ekinlar jahon qişloq xöjaligi mahsulotlari umumiy hajmining taxminan 35 foizini taşkil etadi.

Bu raqamlar nimani körsatadi? Biz, masalan, mevali daraxtlarni parvarişlaş, suğoriş, hosildorligini oşiriş haqida öylaymiz. Lekin şu daraxtlarning gulini çanglatadigan haşarotlar, ularning yaşaş muhiti haqida ham öylaşimiz kerak. Çunki çanglatuvçilarning kamayişi ayrim ekinlarning hosili va mahsulot sifatiga bevosita taʼsir körsatadi.

Xuddi şunday: tuproqdagi mikroorganizmlar ham ösimliklar hayotida muhim vazifalarni bajaradi. Ular organik moddalarning parçalanişi, ozuqa elementlarining aylanişi va tuproq unumdorligini taʼminlaşda iştirok etadi. Tabiiy ekotizimlardagi bunday aloqalarning buzilişi qişloq xöjaligiga, umuman, sivilizatsiyaga ham taʼsir körsatişi mumkin.

Şuning uçun biologik xilma-xillikning kamayişini faqat muayyan ösimlik yoki hayvon turining yöqolişi bilan baholaş töğri bölmaydi. Biz öşa turning boşqa organizmlar bilan boğliq vazifalarini ham hisobga olişimiz kerak. Ayrim turlarning kamayişi çanglaniş, tuproq unumdorligi, tabiiy zararkunanda nazorati kabi jarayonlarga taʼsir körsatadi.

Menimça, bugun jamiyatimizda aynan şu boğliqlikni çuqurroq anglaşga ehtiyoj bor. Çunki iqlim özgarişi va qurğoqçilikning kuçayişi şaroitida tabiiy ekotizimlarning barqarorligi yanada muhim ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, yaylovlar va örmonlardagi ösimlik qoplamining saqlanişi, tabiiy xilma-xillikning kamaymasligi qişloq xöjaligi uçun ham katta ahamiyatga ega.

— Bugun biz yirik inşootlar qur­yapmiz, daryolar özanini özgartiryapmiz, tabiiy resurslardan foydalanişning yangi usullarini özlaştiryapmiz. Biroq tabiatga taʼsir körsata oliş uning barça qonuniyatlarini anglab yetganimizni bildirmaydi. Sizningça, insoniyat bu farqni yetarliça his qilyaptimi? Qabul qilinayotgan qarorlarda tabiatning imkoniyatlari va çeklovlari qançalik hisobga olinyapti?

— Bu farq anglanyapti, albatta. Lekin uni amaliyotda, ayniqsa, muhim qarorlarni qabul qilişda yetarliça hisobga olyapmiz deb aytiş qiyin. Bugun insonning texnik imkoniyatlari nihoyatda kengaydi. Biz tabiiy jarayonlarga aralaşamiz, ularning yönalişini muayyan darajada özgartira olamiz. Ammo bu aralaşuv qanday ekologik oqibatlarga olib kelişini hamişa ham oldindan töliq bilmaymiz. Tabiatdagi jarayonlar bir-biri bilan şunçalik çambarças boğlanganki, muayyan hududdagi özgarişning taʼsiri boşqa joyda, hatto ança vaqt ötgandan keyin ham namoyon böladi.

Albatta, dunyoda bu masalaga jiddiy yondaşayotgan mamlakatlar bor. Masalan, ayrim Skandinaviya davlatlarida tabiiy muhitga taʼsir körsatişi mumkin bölgan qarorlarning biologik va ekologik asoslariga katta eʼtibor qaratiladi. Yaʼni muayyan loyihaning iqtisodiy samarasi bilan birga tabiatga taʼsiri ham ilmiy jihatdan baholanadi. Bu juda muhim yondaşuv.

Biologik xilma-xillik va ekotizim xizmatlari böyiça hukumatlararo ilmiy-siyosiy platformaning 2019-yilda eʼlon qilgan maʼlumotlariga köra, dunyoda qariyb bir million ösimlik va hayvon turi yöqolib ketiş xavfi ostida. Bir million tur! Bu raqamning öziyoq insoniyatning tabiatga taʼsiri qançalik jiddiy tus olganini körsatadi.

Ayrim ekotizimlarda allaqaçon qaytarib bölmaydigan özgarişlar yuz beryapti. Bunga iqlim özgarişi ham, insonning tabiiy resurslardan foydalaniş jarayonida körsatayotgan bosimi ham sabab bölmoqda. Eng yomoni, baʼzi yöqotişlarni keyinçalik katta mablağ sarflab ham tiklay olmasligimiz mumkin.

Şuning uçun har qanday yirik loyihani amalga oşirişdan oldin uning tabiiy muhitga taʼsirini çuqur örganiş zarur. Bu jarayonda biologlar, ekologlar va boşqa soha olimlarining xulosalariga tayaniş kerak. Qaror qabul qilinganidan keyin salbiy oqibatlarini bartaraf etişga urinişdan köra, öşa oqibatlarni oldindan baholaş ança samarali.

— Özbekiston ösimliklar dunyosi boyligi va xilma-xilligi bilan ajralib turadi. Tabiiyki, bu boylik bir neça yuz yilda şakllanib qolmagan. Uning ortida murakkab geologik, iqlimiy va evolyutsion jarayonlar turibdi. Sizningça, mamlakatimiz florasini örganiş orqali tabiatimizning hali töliq anglanmagan qanday sirlarini oçiş mumkin? Bu borada zamonaviy ilmiy tadqiqotlar bizga qanday imkoniyatlar beryapti?

— Özbekiston florasini mamlakatimizning tabiiy tarixini saqlab turgan tirik arxiv deb atasa böladi. Çunki bugun qaysi hududda qanday ösimliklar ösişi, ularning bir-biri bilan qarindoşligi, tarqaliş xususiyatlarini örganiş orqali ötmişda keçgan juda köp jarayonlar haqida xulosa çiqariş mumkin.

Hozir bu yönalişdagi tadqiqot imkoniyatlari ança kengaydi. Ilgari olimlarimiz dala kuzatuvlari ötkazib, ösimlik namunalarini töplar, ularni gerbariylarda saqlar, tarqaliş hududlarini xaritalarda belgilab borardi. Bugun esa ana şu maʼlumotlarni raqamlaştiriş, har bir ösimlik namunasi topilgan joyni aniq geografik koordinatalar bilan boğlaş imkoniyatiga egamiz. Ilmda bu jarayon geoboğlaş deb ataladi. Buning ahamiyati nimada? Bir qaraşda oddiy maʼlumotlarni elektron şaklga ötkazişdek tuyulişi mumkin. Aslida esa biz şu orqali butunlay yangi tahlil imkoniyatlariga ega bölyapmiz.

Masalan, katta hajmdagi geoboğlangan maʼlumotlarni tahlil qiliş orqali mamlakatimizning qaysi hududida ösimlik turlari köproq jamlangani, qaysi joylar yetarliça örganilgani, qayerlarda esa hali ilmiy maʼlumotlar kamligini aniq körişimiz mumkin. Bu keyingi tadqiqotlarni rejalaştirişda ham juda muhim.

Endi tasavvur qiling: şu maʼlumotlarga zamonaviy DNK tahlillari natijalarini ham qöşdik. Ösimliklarning evolyutsion şajarasi, yaʼni turlar örtasidagi qarindoşlik munosabatlarini örgandik. Şunda yanada qiziq manzara namoyon böladi. Qaysi hududlarda qadimiy evolyutsion tarmoqlar saqlanib qolgan, qayerlarda nisbatan yoş turlar şakllangan, ayrim ösimliklar qanday qilib bugungi tarqaliş hududiga yetib kelgan — şularga ilmiy javob topa olamiz. Bunday maʼlumotlarni oddiy ösimliklar röyxatidan yoki tarqaliş xaritasidan bilib bölmaydi. Buning uçun turlarning ­evol­yutsion tarixi va geografik tarqalişini birga tahlil qiliş zarur. Ayrim joylarda turlar soni nisbatan kam bölişi mumkin, lekin öşa hududda millionlab yillik noyob evolyutsion tarixni saqlab qolgan ösimliklar yaşaydi. Bunday hududlarni aniqlaş va muhofaza qiliş ham juda muhim.

Şu maʼnoda, biz bugun uçta asosiy savolga javob izlayapmiz: ösimlik turlari qayerlarda tarqalgan, ular özaro qanday qarindoş va mamlakatimizning hozirgi florasi qanday şakllangan? Zamonaviy tadqiqot usullari ana şu savollarga tobora aniq javob beriş imkonini yaratmoqda. Eng muhimi, olingan ilmiy natijalar tabiiy boyliklarimizni asraş böyiça qarorlarni ham puxta asoslaşga xizmat qiladi.

— Global iqlim özgarişi, havo haroratining kötarilişi va suv tanqisligi Markaziy Osiyo tabiatiga ham jiddiy taʼsir körsatmoqda. Ayniqsa, bunday şaroitda ösimliklar dunyosida yuz berayotgan özgarişlar xavotirli. Xöş, bugun botanika va biologiya fanlari oldida qanday aniq muammolar turibdi? Ilmiy tadqiqotlarni qaysi yönalişlarga qaratiş zarur?

— Tabiatdagi özgarişlar surʼati tirik organizmlarning ularga moslaşiş imkoniyatlaridan ilgarilab ketyapti. BMTning Atrof-muhit böyiça dasturi 2025-yilda Özbekistonning atrof-muhit özgarişlari atlasini eʼlon qildi. Unda keltirilgan ­maʼlumotlarga köra, keyingi oltmiş yilda mamlakatimizda örtaça yillik harorat 1,6 daraja kötarilgan. Orolböyi mintaqasida esa bu körsatkiç 1,8-2,5 darajaga yetgan. ­Eʼtibor bering: gap iqlimning örtaça körsatkiçlari haqida ketyapti. Demak, ayrim yillar va mavsumlarda tabiiy muhit bundan ham keskin özgarişlarga duç kelişi mumkin.

Ösimliklar uçun buning oqibati qanday? Harorat kötarilgani sari tuproqdan buğlaniş kuçayadi, ösimliklarning suvga ehtiyoji va namlikdan foydalana oliş şaroiti özgaradi. Ayniqsa, yoğingarçilik kam bölgan çöl va yarimçöl mintaqalarida bu muhim. Muayyan turning ösişi, gullaşi, uruğ hosil qilişi uçun qulay davr qisqaradi. Bu esa uning tabiiy köpayişiga taʼsir körsatadi.

Yuqoridagi atlasda Özbekiston yaylovlarining 60 foizida mahsuldorlik pasayişi qayd etilgan. Albatta, bu holatni faqat iqlim özgarişi bilan izohlaş töğri bölmaydi. Çorva mollarini meʼyoridan ortiq boqiş, yerdan foydalaniş tartibi, ösimlik qoplamining buzilişi ham katta taʼsir körsatadi. Şuning uçun biz yaylovlarni örganganda qaysi ösimliklar kamaygani, ularning örnini qanday turlar egallayotgani, tuproq va namlik şaroiti qay darajada özgarganini birgalikda tahlil qilişimiz kerak.

Yana bir jiddiy masala — tarqaliş hududi juda çeklangan ösimliklarning taqdiri. Masalan, Qizilqumdagi Tomditov toğlarida uçraydigan Astragalus centralis degan ösimlik turi bor. U Özbekistonga xos endem tur. Ilmiy tadqiqotlarga köra, hozir uning faqat bitta tabiiy populyatsiyasi maʼlum. Ösimlik soni nihoyatda kam. Uning yaşaş muhitiga ohaktoş qazib oliş, çorva boqiş, iqlim özgarişi va ekstremal ob-havo hodisalari taʼsir körsatmoqda.

Endi öylab köring: bunday turni qayerdan qayta topamiz? Agar u tabiatda butunlay yöqolsa, dunyoning boşqa hududidan olib kelib, örnini töldiriş imkoniyati yöq. Demak, bu yerda faqat ösimlikning tarqaliş xaritasini tuziş bilan çeklanib bölmaydi. Uning tabiiy köpayişi, populyatsiya holati, uruğidan köpaytiriş imkoniyatlari va yaşaş muhitini muhofaza qiliş böyiça alohida tadqiqotlar zarur.

Toğ ösimliklari bilan boğliq yana bir murakkablik mavjud. Iqlim isişi bilan ayrim turlarning yaşaşi uçun qulay şaroit balandroq hududlarga siljişi mumkin. Lekin toğning yuqori qismida ösadigan turlar uçun bunday imkoniyat çeklangan. Muayyan balandlikdan keyin ular kötariladigan boşqa tabiiy muhit qolmaydi. Bu, ayniqsa, faqat muayyan toğ tizimida uçraydigan endem ösimliklar uçun jiddiy xavf. Xalqaro iqlim tadqiqotlarida ham şu masalaga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Şu bilan birga, biologik resurslarni saqlaşning ikki muhim yöli bor. Birinçisi — ösimliklarni özining tabiiy yaşaş muhitida muhofaza qiliş. Ikkinçisi — ularning uruğlari va boşqa irsiy materiallarini maxsus kolleksiyalar, ­genbanklarda saqlaş. Bu usullar bir-birini töldiradi. Çunki ösimlikning uruğini saqlab qolişimiz mumkin, biroq uning tabiatdagi populyatsiyasi yöqolsa, öşa turning tabiiy şaroitda davom etadigan evolyutsion va moslaşuv jarayonlari ham uziladi.

Bularning barçasi oziq-ovqat xavfsizligi uçun ham ahamiyatli. Qişloq xöjaligi ekinlarining yovvoyi qarindoşlarida issiqlik, qurğoqçilik va kasalliklarga çidamlilik bilan boğliq irsiy xususiyatlar bölişi mumkin. Ularni saqlaş va örganiş seleksionerlarga kelajakda yangi navlar yaratiş uçun qöşimça imkoniyat beradi.

— Mamlakatimizda noyob va yöqolib ketiş xavfi ostida turgan ösimliklarni muhofaza qilişda “Qizil kitob” alohida ahamiyatga ega. Uning kadastrini yuritiş ham institutga yuklatilgan. Ayting-çi, bugun Özbekistonda yöqolib ketiş xavfi ostida turgan ösimliklarning holati qanday? Ularni asrab qola olmasak, qanday oqibatlarga duç kelamiz?

— Bu savolga ham mamnuniyat, ham katta masʼuliyat bilan javob beraman. Çunki yaqinda Özbekiston Respublikasi “Qizil kitob”ining oltinçi naşrini tayyorlaşga qaratilgan ilmiy tadqiqotlarni yakunladik. Bu jarayonda ilgari qilingan işlardan farqli ravişda, ösimlik turlarining tabiatdagi haqiqiy holatini kompleks baholaşga alohida eʼtibor qaratildi.

Bilasizmi, mamlakatimizda “Qizil kitob”ning ösimliklarga bağişlangan birinçi naşri 1984-yilda çop etilgan. Oradan qirq yildan ortiq vaqt ötdi. Şu davrda tabiiy muhitda ham, ösimliklar dun­yosini örganiş imkoniyatlarida ham katta özgarişlar yuz berdi. Eng muhimi, bugun bizda turlarning yöqolib ketiş xavfini xalqaro ilmiy mezonlar asosida baholaş imkoniyati mavjud.

Oltinçi naşrni tayyorlaş doirasida ilk bor ösimliklar populyatsiyasining holatini kompleks örganişga qaratilgan maxsus tadqiqotlar ötkazildi. Bu işlar Ekologiya va iqlim özgarişi milliy qömitasining maqsadli moliyalaştirişi asosida bajarildi. Bunda Tabiatni muhofaza qiliş xalqaro ittifoqi (IUCN)ning amaldagi toifa va mezonlariga tayandik.

Nima uçun bu muhim? Çunki ösimlik turini “Qizil kitob”ga kiritişda uning kam uçraşi haqidagi umumiy tasavvurning özi yetarli bölmaydi. Uning tabiiy populyatsiyasi qanday holatda, yöqolib ketiş xavfi qay darajada ekanini ilmiy asosda baholaş zarur. Ana şu yondaşuv tadqiqotlarimizning muhim jihatlaridan biri böldi.

Xorijlik hamkorlarimiz bilan birga ötkazgan tadqiqotlar natijalari nufuzli Biological Conservation xalqaro ilmiy jurnalida ham eʼlon qilindi. Bu, albatta, mamlakatimizda biologik xilma-xillikni örganişga doir izlanişlarning xalqaro ilm-fan uçun ham ahamiyatli ekanini körsatadi.

Endi raqamlarga eʼtibor bering. Yangilangan röyxatga 317 ösimlik turi va kenja turi kiritildi. Ularning 207 tasi Özbekiston endemlaridir. Yaʼni bu ösimliklarning tabiiy tarqaliş hududi faqat mamlakatimiz bilan çeklangan.

Bir öylab köring-a, 207 endem tur! Bu raqamning ortida qançalik katta masʼuliyat turganini his qilişimiz kerak. Çunki Özbekistonga xos biror endem tur tabiatdan butunlay yöqolsa, bu faqat mamlakatimiz uçun yöqotiş bölib qolmaydi. Öşa tur butun dunyo ösimliklar olamidan ham yöqoladi. Uni boşqa mamlakatning tabiatidan topiş imkoniyati yöq.

Ayniqsa, tarqaliş hududi juda tor bölgan turlarning taqdiri jiddiy taşviş uyğotadi. Agar öz vaqtida samarali muhofaza çoralarini körmasak, ularni butunlay boy berişimiz mumkin. Bunda biz faqat muayyan ösimlik turini yöqotmaymiz. Uning uzoq evolyutsiya davomida şakllangan, boşqa turlarda takrorlanmaydigan irsiy xususiyatlari ham birgalikda yöqoladi.

Masalaning xalqaro masʼuliyat bilan boğliq jihati ham bor. Özbekiston Biologik xilma-xillik töğrisidagi konvensiyaga qöşilgan. Şu orqali mamlakatimiz öz hududidagi ösimlik va hayvonot turlari, tabiiy ekotizimlarni saqlaş böyiça muayyan xalqaro majburiyatlarni qabul qilgan. Bu majburiyatlarning bajarilişi mamlakatimizning xalqaro nufuzi, işonçli hamkor sifatidagi obrösi uçun ham ahamiyatli.

— Ilm-fan taraqqiyoti haqida gap ketganda, yoş tadqiqotçilarning örni va salohiyatiga alohida eʼtibor qaratiladi. Sizningça, bugun yoş olimlarimizning ilmiy izlanişlari zamonaviy ­muammolar bilan qay darajada boğlangan? Ularning tadqiqotlari xalqaro ilm-fanda raqobatlaşa oladimi? Bu boradagi holatga qanday baho berasiz?

— Bilasizmi, bu savol köp beriladi. Lekin men bu masalaga bir oz boşqaçaroq qarayman. Avvalo, “yoş olimlar” degan tuşunçaning öziga munosabatimizni qayta körib çiqişimiz kerak deb öylayman.

Nega bunday deyapman? Çunki biz hali ham ilm-fanni rivojlantiriş, uning samaradorligini oşiriş haqida gapirganda, ayrim hollarda ança avval şakllangan tasavvurlardan kelib çiqyapmiz. Bugun dunyo ilm-fani qanday işlayapti, ilğor ilmiy muassasalarda tadqiqotlar qanday taşkil etilyapti, olimlardan qanday natijalar talab qilinyapti — mana şu savollarga ­eʼtibor qaratişimiz zarur. Masalan, Xitoy, Janubiy Koreya, Yaponiya, AQŞ yoki Yevropa Ittifoqi mamlakatlaridagi ilğor ilmiy muassasalar faoliyatini olaylik. U yerlarda tadqiqotlarga yoş olimlarning işi yoki katta olimlarning işi degan mezon bilan yondaşilmaydi. Ilmiy jamoaning har bir aʼzosi oldiga muayyan vazifa qöyiladi, undan tegişli natija kutiladi. Olimning yoşi uning ilmiy işiga qöyiladigan talabni özgartirmaydi.

Endi şu nuqtai nazardan öz institutimizga qaraylik. Bugun Fanlar akademiyasi Botanika instituti ilmiy xodimlarining örtaça yoşi 37 atrofida. Qirq yoşgaça bölgan tadqiqotçilar esa jami ilmiy xodimlarning 70 foizini taşkil etadi. Demak, biz institutdagi tadqiqotlarni yoş olimlar işlaridan alohida ajratib baholaydigan bölsak, muassasamiz faoliyatining asosiy qismini şu toifaga kiritişimizga töğri keladi.

Botanika instituti 2022-yilda ­ilmiy-tadqiqot muassasalarining milliy reytingida birinçi örinni egallagan. Hozir ham Fanlar akademiyasi institutlari orasida yetakçilar qatoridamiz. Bu natijalarni faqat yoş tadqiqotçilar yoki katta avlod olimlarining alohida yutuği sifatida körsatişni töğri deb bilmayman. Ular butun ilmiy jamoaning mehnati samarasidir. Albatta, yoşlarning öziga xos ustunliklari bor. Ayniqsa, yangi ilmiy usullarni özlaştiriş, zamonaviy texnologiyalarni tadqiqotlarga joriy etişda ularning imkoniyatlari katta. Buni faoliyatimizda ham köryapmiz.

Masalan, mening ilmiy yönalişimda florani tör tizimi asosida xaritalaş usuli qöllanadi. Yoş tadqiqotçilarimiz bu usulni juda tez özlaştirdi. Keyin uning asosida filogenetik xilma-xillik, filogenetik endemizm kabi zamonaviy ilmiy yondaşuvlarni ham tadqiqot amaliyotiga kiritişdi. Ana şu yondaşuvlar orqali ösimliklar dunyosini, turlarning evolyutsion qarindoşligini va hududlar böyiça tarqaliş xususiyatlarini yanada çuqur tahlil qiliş imkoniyati kengaydi. Bunday tadqiqotlar mintaqaviy va xalqaro miqyosda raqobatbardoş ilmiy natijalar olişimizga xizmat qilyapti.

Xöş, bu natijalarning xalqaro eʼtirofini nimada köriş mumkin? Odatda biz nufuzli jurnallarda çop etilgan maqolalar soni, ularning impakt-faktori kabi körsatkiçlarga eʼtibor qaratamiz. Bular, albatta, muhim. Lekin ilmiy muassasaning xalqaro maydondagi örnini faqat şu raqamlar bilan baholaş yetarli bölmaydi. Masalan, Toşkentda yirik xalqaro anjumanlarni ötkaziş böyiça takliflar bildirilmoqda. Şular qatorida 2026-yilgi birinçi xalqaro Global Tulipa Symposium, şuningdek, 2029-yilda GBIF Boşqaruv kengaşi yiğilişini ötkaziş bilan boğliq taşabbuslarni aytiş mumkin. Olimlarimizning nufuzli xalqaro ilmiy anjumanlarga taklif etilayotgani ham eʼtiborga molik. Bu kabi jarayonlar mamlakatimizda ötkazilayotgan tadqiqotlarga xalqaro ilmiy hamjamiyatning qiziqişini körsatadi. Şuning uçun yoş olimlarning işiga baho berişda, eng avvalo, ular qanday ilmiy masalalar bilan şuğullanayotgani, qanday usullardan foydalanayotgani va erişayotgan natijalariga qaraşimiz kerak. Ularni ilmiy jamoaning tölaqonli aʼzosi sifatida qabul qiliş muhim.

Men yoşlarimizning imkoniyatlariga katta işonç bilan qarayman. Bu işonç ularning faqat yoşligiga asoslangani yöq. Bugungi ilmiy natijalari, zamonaviy tadqiqot usullarini özlaştiriş surʼati va xalqaro maydonga çiqayotgani bunga asos ­bölyapti. Endi ana şu salohiyatdan yanada unumli foydalanişimiz kerak.

— Mazmunli suhbat uçun rahmat.