Xususan, "JIZZAX LEADER FOOD" MÇJ hamda "AZIZ BOĞIŞAMOL KLUB" MÇJga qaraşli tungi klublarning Instagram ijtimoiy tarmoğidagi sahifalarida joylaştirilgan reklama materiallari tahlil qilindi.

Örganişlar davomida mazkur sahifalarda joylaştirilgan 500 ga yaqin videorolikda milliy va oilaviy anʼanalarga, şuningdek, axloq va maʼnaviyatning umumeʼtirof etilgan normalariga zid bölgan tasvir va obrazlardan foydalanilganligi aniqlandi.

Uşbu holatlarga huquqiy baho beriş maqsadida Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazining Jizzax viloyati bölimiga murojaat qilindi. Ular tomonidan taqdim etgan xulosaga muvofiq, mazkur reklamalar "Reklama töğrisida"gi Qonunning 16-moddasi talablariga zid ekanligi belgilandi.

Yuqoridagilarga köra, Hududiy boşqarma tomonidan amalga oşirilgan işlar natijasida har ikki tungi klubning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarida joylaştirilgan qonunçilik talablariga zid reklama materiallari olib taşlandi. Natijada, mazkur sahifalarning jami 120 ming ortiq obunaçi nomaqbul reklama materiallari taʼsiridan himoyalandi.

Raqobat qömitasi reklama tarqatuvçilar va reklama beruvçilarni amaldagi qonunçilik talablariga qatʼiy rioya etişga, reklama materiallarini joylaştirişda milliy qadriyatlar hamda jamiyatda eʼtirof etilgan axloq normalarini inobatga olişga çaqiradi.