Uchtepa tumanidagi nodavlat ta’lim muassasalarining birida tarbiyachi bo‘lib ishlovchi 1990 yilda tug‘ilgan A.G. muntazam ravishda tarbiyalanuvchilarga nisbatan kuch ishlatib, qiynab kelganligi aniqlangan. Hozirda ayrim tarbiyalanuvchilarning olgan tan jarohatlari yuzasidan sudga oid tibbiy ekspertiza tayinlangan. Nodavlat ta’lim muassasa faoliyati bo‘yicha tegishli tashkilotlar tomonidan o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
Mazkur holat yuzasidan Uchtepa tumani IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 110-moddasi (“Qiynash”) alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.