FIFA Hakamlar qoʻmitasi qaroriga koʻra, guruh bosqichining 3-turidan oʻrin olgan Jazoir va Avstriya milliy terma jamoalari oʻrtasidagi bahsni aynan oʻzbekistonlik referi boshqarib boradi.
Tantashevga maydon chetida uning doimiy yordamchilari Andrey Sapenko va Timur Gaynullin koʻmaklashadi. Ushbu bellashuv guruhdagi yakuniy oʻrinlarni belgilab beruvchi muhim oʻyinlardan biri hisoblanadi.
Jazoir — Avstriya uchrashuvi 28-iyun kuni Toshkent vaqti bilan soat 07:00da start oladi.
Qayd etish joiz, bu Ilgiz Tantashevning Jahon chempionati–2026 doirasidagi ikkinchi uchrashuvi boʻladi. U bundan avval musobaqaning guruh bosqichi ikkinchi turida oʻtkazilgan Shotlandiya — Marokash bahsida ham hakamlik qilgan edi.