Qandli diabet, sil, yurak-qon tomir kasalliklari, ayollardagi oʻsmalar hamda bolalardagi onkogematologik xastaliklarni erta aniqlash dasturlari ham davom ettiriladi.

Andijon, Fargʻona, Namangan, Samarqand va Toshkent shahrida infarkt va insultni erta aniqlash hamda davolash dasturi natijasida ushbu kasalliklardan erta oʻlim besh oyda 15 foizga kamaydi. Kasallik boshlanishidagi “oltin soat”da 855 nafar inson erta oʻlim va nogironlik asoratlaridan saqlab qolindi. Kelasi yil dasturga 280 milliard soʻm ajratilib, barcha tuman va shaharlar qamrab olinadi.

Aholi uchun kafolatlangan paket ham kengaytiriladi. Kelasi yil bepul dori vositalari turi 73 taga, tibbiy tekshiruvlar turi 36 taga yetkaziladi.