Mamlakatning aksariyat qismida kunduzgi harorat 35°C dan oshdi, ba’zi hududlarda esa 40°C ga yetdi.

Ta’kidlanishicha, iyun oyi 2015-yilda statistika yuritila boshlanganidan beri issiq ob-havo bilan bog‘liq o‘limlar soni eng yuqori bo‘lgan ikkinchi oy bo‘ldi. Mazkur 11 yil ichida iyun oyida o‘rtacha o‘lim soni 328 tani tashkil etdi, 2017-yilda bu ko‘rsatkich 1000 ga yetdi.

May oyi oxiriga kelib, issiqlik to‘lqini oqibatidan 101 kishi vafot etdi, deb xabar berdi report.az.