Ekologiya va iqlim özgarişi milliy qömitasi uşbu maʼlumot yuzasidan izoh berdi.
Maʼlum qilinişiça, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan video tadbirkorlar bilan oçiq muloqotdan uzib olingan. Unda Davlat ekologik ekspertizasi markazi mutaxassisi Ahror Yöldoşev ekologik ekspertiza uçun belgilangan tölov miqdori haqida tuşuntiriş bergan.
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 11-maydagi 234-son qaroriga muvofiq, atrof-muhitga taʼsir körsatişning III toifasiga kiruvçi, tabiiy gaz, kömir va boşqa turdagi yoqilğida işlaydigan isitiş tizimlariga ega issiqxona xöjaliklarini davlat ekologik ekspertizasidan ötkaziş uçun BHMning 6,5 baravari miqdorida tölov belgilangan. Bu bugungi kunda 2 million 860 ming sömni taşkil etadi.
Şuningdek, issiqxona qozonlariga sertifikat beriş, laboratoriya tadqiqotlari, instrumental ölçovlar hamda atrof-muhitga taʼsirni baholaş böyiça loyihalarni işlab çiqiş xizmatlari davlat ekologik ekspertizasi vakolatiga kirmasligi taʼkidlandi.
Şunday qilib, issiqxona xöjaliklarini davlat ekologik ekspertizasidan ötkaziş uçun 38 million söm emas, 2 million 860 ming söm tölov amalga oşiriladi.