Bugun, 25 sentyabr kuni soat 09:15 atrofida, uzluksiz qidiruv-qutqaruv operatsiyalari davomida ilgari bedarak yo‘qolgan ikki harbiy xizmatchi – serjant Mansur G‘umarov va matros Miras Turdibekulining jasadi topildi.

Eslatib o‘tamiz, fojiali voqea mashg‘ulotlar va jangovar burchni bajarish paytida ob-havo sharoitining keskin yomonlashishi natijasida sodir bo‘lgan, oqibatda 17 nafar harbiy xizmatchi dengizga oqib ketgan. Ulardan 3 nafari qutqarilgan, 14 nafari esa halok bo‘lgan.

Qozog‘iston Respublikasi Mudofaa vazirligi va Qurolli Kuchlar rahbariyati va shaxsiy tarkibi halok bo‘lgan harbiy xizmatchilarning qarindoshlari va yaqinlariga hamdardlik bildirdi.

Vafot etgan harbiy xizmatchilarning oilalariga barcha zarur yordam, jumladan, moddiy va ruhiy yordam ko‘rsatiladi, deb xabar berdi Kazinform.