Muloqotda mamlakatimiz transport va ijtimoiy infratuzilmasini rivojlantirish sohasidagi hamkorlikni kengaytirish masalalari koʻrib chiqildi. Tomonlar qoʻshma investitsiya platformasi tashkil etilganini olqishladilar.

Yangi ilmiy-sanoat bioklasterini tashkil etish loyihasi doirasida ilm-fan, sanoat va zamonaviy texnologiyalarni birlashtiruvchi yaxlit ekotizimni shakllantirish muhimligi taʼkidlandi.

Tomonlar Toshkentning yangi xalqaro aeroporti atrofidagi hududni rivojlantirish boʻyicha master-reja ishlab chiqib, unda aeroport, ilgʻor logistika xablari va turar joy infratuzilmasini yagona tizimga birlashtirish zarurligini qayd etdilar.