41 yoşli futbolçi bu haqda 5-noyabr kuni maʼlum qildi.

"Portugaliya qalbimda abadiy qoladi", deb yozdi Ronaldu ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

Portugaliyalik yulduz 2003-yilning 20-avgustida Qozoğistonga qarşi örtoqlik uçraşuvida ilk bor milliy terma jamoa libosida maydonga tuşgan edi.

Ronaldu 23 yillik xalqaro faoliyati davomida Portugaliya safida 234 ta uçraşuv ötkazib, 146 ta gol urdi. U milliy terma jamoalar tarixida eng köp öyin ötkazgan va eng köp gol urgan erkak futbolçi hisoblanadi.

Şuningdek, hujumçi Portugaliya bilan 2016-yilda Yevropa çempionligini, 2018/19 va 2024/25-yilgi mavsumlarda esa UEFA Millatlar ligasi boş sovrinini qölga kiritgan.