Boş prokuratura huzuridagi Departamentning Iştixon tumani bölimi va boşqa huquqni muhofaza qiluvçi organ xodimlari hamkorligida ötkazilgan tezkor tadbirda fuqaro M.A. 146 dona “Benzonal” nomli kuçli taʼsir qiluvçi dori vositasini sotgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.
Departamentning Kattaqörğon şahri bölimi xodimlari tomonidan ötkazilgan tezkor tadbirda fuqaro Ş.Yu. 80 dona “ZARDEKS” nomli kuçli taʼsir qiluvçi dori vositasini fuqaroga sotgan vaqtida aşyoviy dalilar bilan uşlangan.
Departamentning Yakkasaroy tumani bölim va boşqa huquqni muhofaza qiluvçi organ xodimlari hamkorligida ötkazilgan tezkor tadbirda fuqaro F.A. 15 dona kuçli taʼsir qiluvçi dori vositasini fuqaroga sotgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegişli moddalari bilan jinoyat işlari qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.